“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:18
ЎЗO‘Z

Yurak salomatligini mustahkamlash uchun baliq iste’mol qilish kerak

21 мая, 08:02 8 416 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak salomatligini mustahkamlash uchun baliq iste’mol qilish kerak Haftasiga hech bo‘lmaganda ikki porsiya baliq iste’mol qilish yurak xuruji hamda boshqa yurak-qon tomir kasalliklari natijasidagi erta o‘lim xavfini sezilarli darajada pasaytirar ekan. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida ma’lum qildi.

"Yaxshi bilamizki, baliqdagi omega-3 yog‘ kislotalari yurak salomatligi uchun muhim. O‘tkazilgan yangi tadqiqotlar buni tasdiqlamoqda va zararli taomlar, jumladan tarkibida yog‘ ko‘p bo‘lgan mahsulotlar baliqqa almashtirilgan taqdirda uning ijobiy ta’siri yanada oshishini ko‘rsatmoqda", - deydi Harvard universiteti olimi Erik Rimm.

Bugun aksariyat olimlar parhez va muayyan oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat inson vazniga, balki uning miyasi, qon tomirlari, yuragi va boshqa asosiy organlari faoliyatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblashmoqda. Masalan, olimlar yaqinda zaytun moyi va O‘rta yer dengizi mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarni katta miqdorda iste’mol qilish yurak xuruji va insult natijasidagi o‘lim holatlari ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada pasaytirishini aniqlashdi.

Dengiz mahsulotlari, baliq moyi hamda undagi yog‘ kislotalari yurak va qon tomirlari salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi, ular qon bosimini pasaytiradi, xolesterin miqdorini kamaytiradi va qon tomirlari devorlarini yumshatadi. Boshqa tomondan, dengiz faunasi vakillarining go‘shtida katta miqdordagi simob va boshqa zararli moddalar bo‘lishi mumkin, ular esa inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Rimm va uning hamkasblari dengiz mahsulotlari iste’moli bilan bog‘liq barcha ijobiy va salbiy jihatlarni tahlil qilishdi hamda so‘nggi yigirma yilda odamlar va jonivorlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilmiy guruhlar tomonidan to‘plangan ma’lumotlarni o‘rganishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, haftasiga atigi ikki porsiya baliq iste’mol qilish yurak xuruji, insult va qon tomirlari bilan bog‘liq boshqa kasalliklarning rivojlanish xavfini 40-50 foizga pasaytirish uchun yetarli ekan. Toza baliq yog‘ini iste’mol qilib ham shunga o‘xshash ta’sirga erishish mumkinligi qayd qilindi.

Shu o‘rinda shifokorlar akulalarning yirik turlari, tunets va boshqa katta baliqlar go‘shtini iste’qol qilishdan saqlanishni tavsiya qilishmoqda, bu ularning organizmida simob tez to‘planishi bilan bog‘liq ekani ta’kidlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 131
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 309
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 121
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 97
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 143
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar