“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:38
ЎЗO‘Z

«Gmail» internetsiz ishlay boshladi

15 мая, 23:38 4 430 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Gmail» internetsiz ishlay boshladi «Gmail» pochtasi foydalanuvchilari uchun servisning brauzer talqinida yangi funksiya — offlayn rejim paydo bo‘ldi. «Xabar.uz» ning ma’lumot berishicha, u hatto internetga ulanmagan kompyuterda ham xatlar bilan ishlash imkonini beradi.

«Gmail»dagi yangi imkoniyat faqatgina «Chrome» brauzerida (61- va yanada yangiroq talqinlarida) ishlaydi. Hech qanaqangi to‘ldirmalarni ko‘chirib olish yoki boshqa dasturlarga o‘z akkauntini taqdim etish talab qilinmaydi. Bungacha «Gmail»ni brauzerda offlayn qo‘llab-quvvatlash «Google Gears» va brauzer kengaytmalari orqali amalga oshirilgandi.

Offlayn rejim ishi foydalanuvchining kompyuterida internetga ulanguncha bo‘lgan barcha ma’lumotlarni saqlab borishga asoslanadi. Masalan, olingan xatlarni ko‘rib chiqish, arxivlash, belgilash va o‘chirib yuborish mumkin: internet aloqasi tiklanishi bilan barcha o‘zgarishlar serverga o‘tadi.

Bu funksiyani sozlamalardagi yangi «Offline» bo‘limiga kirib ishga tushirsa bo‘ladi, u faqat yangilangan interfeysli pochtada mavjud. Eski interfeyslarda offlayn faqatgina «Google Gears» orqali ishlaydi.

Internetsiz «Gmail»ni ishlatish

Avtomatik sozlamalarga ko‘ra, «Google» pochtasida offlayn o‘chirilgan bo‘ladi. Uni yoqqan foydalanuvchi bir nechta sozlamalarga ega bo‘ladi. Kompyuterda xatlarni qancha vaqt saqlash (7 kun, 30 kun yoki 90 kun) kerak, ilovaning xatlari bilan birga saqlansinmi — bularni tanlasa bo‘ladi.

Bundan tashqari, onlayndan chiqishda offlayn-ma’lumotlarni o‘chirish (bu holatda keyingi safar kirishda tizim ularni yuklab olishga uzov vaqt sarflashi mumkin) yoki kompyuterda saqlashdan birini tashlash mumkin. Oxirgi holatda offlayn-ma’lumotlarni o‘chirish uchun sozlamalarda offlayn-rejimni o‘chirish va o‘zgarishlarni saqlab qo‘yish kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 49
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 481
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar