“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 00:50
ЎЗO‘Z

Sog‘lom va chekuvchi odamlarning o‘pkalari namoyish qilindi (video)

14 мая, 23:24 6 133 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sog‘lom va chekuvchi odamlarning o‘pkalari namoyish qilindi (video) AQShning Shimoliy Karolina shtatidan bo‘lgan Amanda Eller tamaki chekuvchi odamlarning organizmi qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini video orqali namoyish qildi.

Videoda pushti rangdagi sog‘lom o‘pka va 20 yil davomida kuniga bir pachkadan sigaret chekkan odamning qora rangdagi o‘pkasini ko‘rish mumkin.

Hamshira bo‘lib ishlovchi Amanda o‘pkalarni birin-ketin havoga to‘ldiradi. Chekuvchi odamning o‘pkasi elastikligini yo‘qotgan bo‘lib, sog‘lom o‘pkaga nisbatan tegishli hajmda shishmaydi.

Ta’kidlanishicha, surunkali obstruktiv kasallik va saratonda o‘pka o‘z elastikligini yo‘qotadi – u kengayadi, biroq tezda puchayib qoladi.

So‘ngra kasal o‘pkaga maxsus klapan ulangan. Bu klapan nafas olishning og‘ir buzilishlari bilan kechuvchi mukovissidoz bilan kasallanganlarning nafas yo‘llarini tozalash va ochishda yordam beradi. Faqat shundan keyingina chekuvchi odamning o‘pkasi sog‘lom o‘pka kabi ishlay boshlagan.

Amanda ushbu rolikni feysbukda joylashtirgan va bir necha kun ichida 600 mingdan ko‘proq repost to‘plagan. Foydalanuvchilar ikki lagerga bo‘linganlar. Ulardan bir qismi chekishga qarshi fikrlar bildirishgan va bu zarariy odatdan qanday qutulganlari haqida so‘zlab berishgan. Biroq chekishdan voz kechishni xayollariga ham keltirmaydiganlar topilgan.

“Men 12 yil davomida kuniga bir pachkadan sigaret chekardim. 2 yil avval chekishni tashladim. Bunday videolar buni tezroq va osonroq amalga oshirishga yordam beradi”, deb aytgan foydalanuvchilardan biri.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 99
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 263
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 172
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 245
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 48
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 26
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 217
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Bo‘limlar