“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2021, 03:20
ЎЗO‘Z

Nikol Pashinyan nomzodi rasman Armaniston bosh vazirligiga ko‘rsatildi

01 мая, 06:52 3 410 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nikol Pashinyan nomzodi rasman Armaniston bosh vazirligiga ko‘rsatildi Armanistondagi norozilik harakati yetakchisi, parlamentdagi “Yelk” fraksiyai rahbari Nikol Pashinyan rasman Armaniston bosh vazirliga ko‘rsatildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Yangi bosh vazir saylovi 1 may kuni Armaniston Milliy Yig‘ini (parlamenti) maxsus majlisida bo‘lib o‘tadi. Konstitutsiyaviy isloxatlardan so‘ng bosh vazir aynan parlament tomonidan saylanadi, prezident emas balki bosh vazir mamlakatdagi xokimiyatning to‘laqonli rahbariga aylanadi.

Bosh vazir etib saylanish uchun nomzod parlamentda 53 ta ovoz olishi kerak. Muxolifatdagi «Yelk» fraksiyasining parlamentda atigi 9ta o‘rni bor. Mutloq ko‘pchilik ovoz (58ta o‘rin)ga hukmron Respublikachilar partiyasi ega.

Ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng Respublikachilar o‘z nomzodini bosh vazirlikka tavsiya qilmasligini aytdi. Biroq xukmron partiyaning parlamentdagi fraksiyasi rahbari Vagram Bagdasaryan o‘z partiyasi muxolifatdagi partiya nomzodi uchun ovoz berishini iste’sno qildi. O‘tgan haftada Pashinyan bayonot berib, agar “xalq unga ma’suliyatni yuklasa”, u holda Armaniston bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

Armanistonda ommaviy norozilimk namoyishlari ikki haftadan beri davom etmoqda. Bunga xokimiyatga qolish maqsadida unchalik ham obro‘ga ega bo‘lmagan sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazir bo‘lgani sabab bo‘ldi. Ikki muddat prezident bo‘lgan Sargsyan uchinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmasdi, shu sababli xokimiyat prezidentdan xukmron partiya saylaydigan bosh vazir qo‘liga o‘tishini ta’minlash maqsadida mamlakatda konstitutsiyaviy islohatlar o‘tkazdi. Islohatlar o‘tkazar ekan, o‘z nomzodini bosh vazirlikka qo‘ymaslika va’da berdi, biroq bu va’dasini buzdi, bu o‘z navbatida ko‘pchilik tomonidan aldoqchilik sifatida ko‘rildi.

Armanistonning ko‘plab shaharlarida ommaviy noroziliklardan so‘ng endigina bosh vazir etib saylangan Sargsyan iste’foga ketdi, u “xato qilganligini” tan oldi, endilikda muholifat yangi parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda. 42-yoshli Pashinyan fuqorolarning tinch itoatsizlik namoyishlari davom etaverishini va mamlakatdagi “Xalq harakati”ning tarafdorlarini bosh vazir saylanadigan 1 may kuni “Armaniston ko‘cha va maydonlarini to‘ldirishga” chaqirdi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbul meri saylovlari natijalari bekor qilindi 07 мая, 06:35
  • Armaniston prezidenti Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi 15 yanv, 00:06
  • Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqdi 17 okt, 06:30
  • Yerevan shahriga komik aktyor hokim bo‘ldi 15 okt, 06:30
  • Turkiyada prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi 05 iyul, 13:37
  • «Men nohaq edim». Armanistonda inqilob g‘alaba qozondi, Sargsyan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi 23 apr, 22:45
  • So'nggi yangiliklar
  • YECHL. Dramatik kechgan bahsda "Zenit" "Chelsi" bilan durang o‘ynadi 09 dek, 01:01 272
  • Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi 09 dek, 00:40 349
  • Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va olimpiya terma jamoalarining keyingi yil rejalari bilan tanishdi 09 dek, 00:00 352
  • Хonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi 08 dek, 23:40 366
  • Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman" 08 dek, 23:00 424
  • Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi! 08 dek, 22:30 569
  • O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy ustozlik qiladi 08 dek, 22:00 468
  • Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi 08 dek, 21:30 496
  • O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 ta davlat qatoriga kirdi 08 dek, 21:05 404
  • Napoleonning to‘pponchalari va qilichi 2,9 million dollarga sotildi 08 dek, 20:35 391
  • Toshkentdagi «Aviasozlar» bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi 08 dek, 20:08 366
  • AQSH butun dunyodagi jurnalistlar himoyasi uchun mablag‘ ajratadi 08 dek, 19:43 288
  • Bo‘limlar