“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 11:01
ЎЗO‘Z

Baxshi va dostonchilar uchun muhim yangilik

01 мая, 00:30 7 554 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxshi va dostonchilar uchun muhim yangilik Baxshichilik va dostonchilik san’atini mamlakatimizda va xorijda keng targ‘ib etish, ustoz baxshilar, dostonchilar, soha olimlari, iqtidorli yosh baxshilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2018 yil 26 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha 2018–2022 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi hamda Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklariga “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish yuzasidan alohida vazifalar yuklatildi. Xususan, “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha bir hafta muddatda ishchi guruhlari tuziladi. Shuningdek, “Yo‘l xaritasi” asosida ikki hafta muddatda tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash belgilangan.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab mazkur viloyatlardagi ayrim musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha ochiladigan sinflar uchun yangi o‘quv dasturlari va uslubiy qo‘llanmalar chop etiladi.

Tarmoq dasturlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar mahalliy byudjet mablag‘lari hamda homiylarning xayriyalarini jalb qilish yo‘li bilan ta’minlanadi.

O‘zbek baxshilik san’atini yanada rivojlantirish va targ‘ib etishga hissa qo‘shgan ustoz baxshilar va dostonchilar, xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yosh baxshilar va doston ijrochilariga hududlarda qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida xonadonlar ajratiladi.

Yuqorida ta’kidlangan “Yo‘l xaritasi”da bir qator muhim vazifalar ko‘zda tutilgan. Xususan, Mustaqillik bayramining 27 yilligi arafasida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilar ijodini tarannum etadigan “Mustaqillik baxshilari” kitob-albomi chop etiladi hamda joriy yilda o‘zbek baxshichilik san’atining taniqli namoyandalari ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film yaratiladi.

Chekka, olis hududlardagi baxshi-shoir, oqin, jirovlardan doston, terma, aytimlarni zamonaviy raqamli audio va video uskunalar yordamida yozib olish yo‘lga qo‘yiladi.

Baxshichilik san’ati durdonasi hisoblangan xalq dostonlari haqida teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar muntazam ravishda efirga uzatib boriladi.

Sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi tarixiy maskanlarda do‘mbira, chanqovuz, sibizg‘a, bo‘lamon, sopol nay, qo‘biz, qo‘shnay kabi o‘zbek milliy qadim cholg‘u asboblari va baxshichilik san’atiga oid adabiyotlar ko‘rgazmalari, doston va terma san’atini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘ngilochar tadbirlar uyushtiriladi.

Mahallalarda, istirohat bog‘larida, ta’lim maskanlarida, san’at saroylarida “Doston” kechalari, taniqli baxshi-shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.

O‘zbek baxshichilik san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli baxshi-shoirlarning xotira kechalari tashkil etiladi.

Xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarini to‘plash va nashr etish, baxshichilik san’ati, dostonlar, xalq termalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish keng yo‘lga qo‘yiladi.

Xalq baxshilari faoliyati yoritilgan portretlar tayyorlanib, joylardagi 312 ta bolalar musiqa va san’at maktablariga yetkaziladi.

Shuningdek, “Yo‘l xaritasi”da xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallar, davlat tadbirlari hamda xorijda o‘tkaziladigan O‘zbekiston madaniyat kunlarida baxshi-shoirlarning ishtirokini ta’minlash kabi bir qator muhim tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori hamda “Yo‘l xaritasi” bilan Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi orqali to‘liq tanishishingiz mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 14
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 118
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 327
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 087
  • Chingiz Aytmatov boshi uzra qora bulutlar yoki qasam bilan mustahkamlangan qarz 21 apr, 17:24 307
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 376
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 0
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 1
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 1
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 3
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 106
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 8
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 119
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 91
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 14
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • Bo‘limlar