“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2021, 03:41
ЎЗO‘Z

«Men nohaq edim». Armanistonda inqilob g‘alaba qozondi, Sargsyan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi

23 apr, 22:45 3 715 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Men nohaq edim». Armanistonda inqilob g‘alaba qozondi, Sargsyan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan iste’foga chiqdi. Bu haqda hukumat saytida ma’lum qilingan.

Sargsyan keyingi 2 hafta mobaynida Armanistonni qamrab olgan norozilik namoyishlari ortidan iste’foga ketishga majbur bo‘ldi.

«Men davlat rahbari sifatida sizlarga oxirgi marta murojaat etmoqdaman. Nikol Pashinyan haq edi. Men nohaq edim. Men xato qilgandim. Og‘ir vaziyat yuzaga kelgandi, vaziyatni hal qilishning bir necha yo‘li bor edi. Birortasini tanlamadim, chunki ularning birortasi menga to‘g‘ri kelmasdi. Men sizlarning talabingizni bajaraman va mamlakat rahbari lavozimidan voz kechaman», — degan Sargsyan.

Endilikda bosh vazir o‘rinbosari, 2016 yilning 13 sentyabridan 2018 yilning 9 apreligacha ham bosh vazir bo‘lgan Karen Karapetyan vaqtinchalikka mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagan.

Yerevanda 13 aprel kuni mamlakat sobiq prezidenti, o‘z prezidentligi davrida referendum o‘tkazib, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishiga va parlamentar respublika joriy etilishiga erishgan, prezidentlik vakolati muddati tugagach, bosh vazirga aylangan Serj Sargsyanga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi.

Muxolifat rahbari «Baxmal inqilob» haqida e’lon qildi. 22 aprel kuni muxolifat rahbari, deputat Nikol Pashinyan Serj Sargsyan bilan muzokara o‘tkazishga harakat qildi, ammo tomonlar kelisha olishmali. Shundan so‘ng Pashinyan va uning tarafdori bo‘lgan boshqa deputatlar hibsga olindi, shu kuni kechqurun Yerevandagi Respublika maydoniga 100 ming kishi to‘plandi, 23 aprel kuni Pashinyan ozod etildi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina tarixidagi eng yosh bosh vazir iste’foga ketkazildi 04 mar, 22:40
  • Turkiya konstitusiyasiga o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha referendum qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi 11 fev, 17:16
  • Janubiy Koreya madaniyat vaziri korrupsiya mojarosi tufayli hibsga olindi 21 yanv, 23:26
  • Italiya bosh vaziri iste’foga chiqdi 08 dek, 13:31
  • Manba: Qozog‘iston bosh vaziri iste’foga chiqishi kutilmoqda 08 sen, 11:13
  • Erevanda "qurolli isyonga urinish" haqida e’lon qilindi 17 iyul, 14:08
  • So'nggi yangiliklar
  • YECHL. Dramatik kechgan bahsda "Zenit" "Chelsi" bilan durang o‘ynadi 09 dek, 01:01 272
  • Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi 09 dek, 00:40 349
  • Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va olimpiya terma jamoalarining keyingi yil rejalari bilan tanishdi 09 dek, 00:00 352
  • Хonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi 08 dek, 23:40 366
  • Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman" 08 dek, 23:00 424
  • Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi! 08 dek, 22:30 569
  • O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy ustozlik qiladi 08 dek, 22:00 468
  • Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi 08 dek, 21:30 496
  • O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 ta davlat qatoriga kirdi 08 dek, 21:05 404
  • Napoleonning to‘pponchalari va qilichi 2,9 million dollarga sotildi 08 dek, 20:35 391
  • Toshkentdagi «Aviasozlar» bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi 08 dek, 20:08 366
  • AQSH butun dunyodagi jurnalistlar himoyasi uchun mablag‘ ajratadi 08 dek, 19:43 288
  • Bo‘limlar