“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 22:48
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Qo‘shma bayonotni imzoladilar

23 apr, 19:23 4 521 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Qo‘shma bayonotni imzoladilar Ko‘ksaroydagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo uylari ochish, ishbilarmonlar kengashi tashkil etish bo‘yicha, shuningdek, transport, tranzit, qishloq xo‘jaligi, fan-texnika, kasaba uyushmalari, sport va boshqa sohalarga doir 17 ta hujjat imzolandi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida va axborot-kommunikatsiya sohalarida 15 hujjat qabul qilindi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar, odatdagidek, ochiq va samimiy, ishchanlik ruhida o‘tganini, erishilgan kelishuvlardan xursandligini ta’kidladilar.

2017 yil O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil bo‘ldi. Hozirgi kunda hamma kelishuvlarimiz to‘la amalga oshirilyapti. Bugungi uchrashuvimiz ham juda samarali bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni chuqur, har tomonlama muhokama qildik. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, bu borada hal etilmagan masalalar qolmadi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishdik. Shu asosda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldik. Biz nimaiki qilayotgan bo‘lsak, xalqlarimiz uchun, bolalarimizning kelajagi uchun, dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 61
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 80
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 205
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 310
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Bo‘limlar