“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:31
ЎЗO‘Z

O‘simlik yog‘larining foydasi

22 apr, 21:38 10 578 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘simlik yog‘larining foydasi Ko‘pchilik o‘simlik yog‘ining bor-yo‘g‘i 1-2 turidan foydalanadi, xolos: kimdir qovurish, yana kimdir esa salatlar uchun. Biroq ozuqa qancha xilma-xil bo‘lsa, shuncha yaxshiroq bo‘lishini ba’zilar bilishmaydi. Parhezshunoslar har bir uyda yog‘ning kamida 5-6 turi bo‘lishi va ularni galma-gal ishlatib turish zarur, deb hisoblashadi.

Qanday tayyorlanadi?

O‘simlik yog‘i organik eritgichlar yordamida o‘simlik urug‘idan siqib, ajratib olinadi. So‘ng u filtrlanib, tozalanadi. Natijada yog‘ uch ko‘rinishni hosil qiladi.

“Xom” — faqat filtrdan o‘tgan bo‘ladi. Foydali moddalar maksimal darajada saqlanadi. Salqin holida ishlatish tavsiya etiladi.

Tozalanmagan — tindirilgan, filtrlangan, gidratatsiyadan o‘tgan, neytralizatsiya qilingan bo‘ladi. Biologik faol moddalarning bir qismi chiqib ketadi. Eng yaxshisi, bu yog‘dan ham salqin holida foydalangan ma’qul.

Tozalangan — tozalashning butun bir majmuasidan o‘tgan, rangsizlantirilgan, badbo‘y hidi yo‘qotilgan va, eng yomoni, biologik faol moddalarning kattagina qismidan (ba’zida ularning o‘rni sun’iysi bilan to‘ldiriladi) judo bo‘lgan yog‘. Yog‘ning bu turi qovurish va boshqa shu kabi termik qayta ishlovlar uchun to‘g‘ri keladi.

Ye darmondorisiga boy

Kungaboqar yog‘i tarkibida yog‘ kislotalari (stearinli, araxidonli, oleinli va linolli) mavjud bo‘lib, ular hujayralar tuzilishi, gormonlar sintezi, immunitetning mustahkam bo‘lishi uchun zarur. Unda oqsil (19 foizgacha), uglevod (27 foizgacha), darmondorilardan A, R va Ye ko‘p. Ayniqsa, vitamin Ye bilan antioksidant boshqa yog‘larga qaraganda ko‘proq (100 grammga 60 mg).

Pazandalikda har tomonlama yaxshi. Tayyor yaxna taomlar uchun qovurilgan pistaning xushbo‘y hidi ufurib turgan tozalanmaganini ishlatgan ma’qul.

Yog‘ qorong‘i, harorati +5°…+20°S atrofida bo‘lgan salqin joyda shisha idishda saqlanadi. Suv va metallga tegishidan ehtiyot qilish lozim.

Semizlikdan asraydi

Zaytun yog‘i boshqa o‘simlik yog‘lariga qaraganda yaxshiroq singadi. Tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari (asosan oleinli) va “yaxshi” xolesterin bor. Homilador va emizikli ayollarga tavsiya etiladi. Negaki, zaytun yog‘i tarkibiga kiruvchi yog‘ kislotalari ona suti yog‘lariga o‘xshab ketadi. Yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, semirishdan asraydi. Zaytun yog‘idan tayyorlangan kosmetik vositalar, ayniqsa, ta’sirchan teri, tirnoq va quruq sochlar uchun foydali.

Zaytun yog‘idan turli salatlarni tayyorlashda foydalansa bo‘ladi. Hatto salatlardagi mayonezni xush ko‘rmaydiganlar uchun u yaxshigina tanlov bo‘lishi mumkin.

Zaytun yog‘ini salqin va qorong‘i joyda, zich yopiladigan idishda saqlash kerak. Chunki u oshxonadagi boshqa hidlarni o‘ziga juda tez singdirib oladi.

Asab tizimini mustahkamlaydi

Zig‘ir yog‘i o‘z xususiyatiga ko‘ra ushbu ajoyib o‘simlik ko‘pgina mamlakatlarda o‘simlik yog‘i kundalik hayotda ommalashgunga qadar birinchi raqamli yog‘ hisoblangan. Undagi yog‘ kislotalari o‘zaro juda yaxshi muvofiq kelgan: linolenli (omega-3) — 60 foizgacha, linolli (omega-6) — 20 foizgacha va oleinli (omega-9) — 10 foizgacha. Tarkibidagi vitamin Ye omega-6 va omega-3 kislotalarining yaxshi singishiga yordam beradi. Ushbu yog‘ teri va soch holatini yaxshilaydi, asab tizimini mustahkamlashga yordam beradi, buyrak va qalqonsimon bez faoliyatini me’yorlashtiradi.

Undan turli bo‘tqalar tayyorlashda foydalanish mumkin. Shuningdek, respublikamizning janubiy hududlari (Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo)da zig‘ir yog‘idan tayyorlangan osh juda tansiq taom hisoblanadi.

Yog‘ni ochilgan shisha butilkaning og‘zini maqkam yopib, harorati +2°…+6° S bo‘lgan sovutgichda 1 oygacha saqlash mumkin.

Ko‘z nuri uchun zarur

Soya yog‘i uning asosiy ustun jihati — tarkibida letsitin ko‘p bo‘lib, u ko‘z nuri va markaziy asab tizimi uchun zarur.

Soya yog‘i kartoshka qovurish uchun juda qulay.

Sotuvda faqat tozalangan ko‘rinishda bo‘ladi. Saqlash muddati — 45 kundan ko‘p emas.

Jigarning holatini tiklaydi

Jo‘xori yog‘i tozalangan barcha yog‘lar orasida oksidlanishga eng bardoshlisi hisoblanadi. U ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi, vitaminlardan F va Ye ga boy, jigar, ichaklar, o‘t pufagi holatini yaxshilaydi, asab tizimi va ayollarga oid kasalliklarda tavsiya etiladi.

Boshqa yog‘larga qaraganda jo‘xori yog‘i qovurish uchun ayni muddao. Bundan tashqari, xamir va konditer mahsulotlari, mayonez tayyorlashda qo‘llaniladi.

Manba: Tasvir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 55
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 197
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 150
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 318
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 126
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar