“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 20:28
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

12 apr, 11:53 3 126 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi Foto: www.the-uff.com
Kecha Umid Ahmadjonov O‘FA birinchi vitse-prezidenti sifatida Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Emomali bilan uchrashdi.

O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — qo‘shni respublika futboli qit’ada o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun o‘zaro hamkorlik qilishdan iborat. Ma’lumki, Tojikiston milliy terma jamoasi 2019 yil BAA mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Shunga qaramay, mahalliy futbol muxlislari yaqin kelajakdagi katta g‘alabalardan umidvor.

Bu yo‘lda ikki qo‘shni mamlakat futbol uyushmalarining o‘zaro hamkorligi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin. Kelishuvga ko‘ra, Tojikiston futbol klublari o‘zining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishi uchun O‘zbekistonda imkoniyatlar kengaytirib beriladi.

Bir necha yillardan buyon kuzatilmayotgan klublar va terma jamoalar miqyosidagi o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarini tiklash ustida ish olib boriladi. Bu borada MOQ hamda O‘FA tojikistonlik sportchilarni kutib olishga doim tayyor turadi.

«Qayd etish kerak, Umid Ahmadjonov CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston futbol assotsiatsiyalari) prezidenti ham hisoblanadi. Tojikiston ham unga a’zo ekanidan kelib chiqilsa, endi qo‘shni mamlakat futbol federatsiyasi ham mazkur assotsiatsiyaning faol a’zosiga aylanadi hamda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari masalasiga e’tibor qaratadi. O‘zbekiston sporti esa faqatgina shu bilan to‘xtab qolmaydi va qolgan qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilish masalalari ustida ham ish olib boradi», — deyiladi xabarda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi 25 dek, 15:13
  • Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi 07 dek, 15:02
  • Tojikiston prezidentining o‘g‘li Umid Ahmadjonov o‘rnini egalladi 24 apr, 23:03
  • O‘zbekiston MTJ Toshkentda 3 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 14 avg, 10:02
  • O‘zbekiston yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi 13 iyul, 08:30
  • O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 16 мая, 18:25
  • So'nggi yangiliklar
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 102
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 213
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 190
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 195
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 263
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 234
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Rossiyadan Italiyaga borgan futbolchilar ortga qaytadi! Shomurodovchi? 24 okt, 13:08 473
  • Shomurodov "Napoli"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydimi? 24 okt, 12:46 377
  • Bo‘limlar