“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 22:03
ЎЗO‘Z

Oliy sud: Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 nafar shaxs oqlandi

11 apr, 13:57 4 311 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy sud: Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 nafar shaxs oqlandi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 13 iyun kuni sud korpusi bilan bo‘lgan uchrashuvda xalqning sud tizimiga bo‘lgan ishonchiga fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish orqaligina erishish mumkinligini alohida ta’kidlagandi.

Davlat rahbari ilgari surgan bu g‘oyani amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida 2017 yilda mutlaq yangi sud tizimini shakllantirish, adolatli sud qarorlarini qabul qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tub islohotlar amalga oshirildi.

Ayni shu shiddatli o‘zgarishlar samarasi o‘laroq jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 nafar shaxs oqlandi. Vaholanki, 2012-2016 yillarda bor-yo‘g‘i 7 nafar shaxs oqlangan edi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018 yil birinchi choragida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan shaxslarni aybsiz deb topish va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq sud qarorlari o‘rganib chiqilganda sudlar bu masalaga yanada mas’uliyat bilan yondashayotgani ma’lum bo‘ldi.

Joriy yilning birinchi choragida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 68 ta jinoyat ishi bo‘yicha 114 nafar shaxsga nisbatan oqlash va reabilitatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar chiqarilgan.

Xususan, birinchi instansiya sudlari tomonidan 55 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarilgan va Jinoyat-protsessual kodeksining 83 moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) asnosida 9 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlar tugatilgan, yuqori turuvchi instansiya sudlari tomonidan 50 nafar shaxs oqlangan va ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tugatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan 2 nafar shaxs va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan esa 9 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida - 29, Toshkent shahrida - 16, Toshkent viloyatida - 13, Surxondaryo viloyatida -7, Andijon viloyatida – 7, Xorazm viloyatida – 6, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 5, Samarqand viloyatida - 5, Farg‘ona viloyatida - 4, Jizzax viloyatida - 4, Sirdaryo viloyatida - 4, Navoiy viloyatida – 4 va Buxoro viloyatida 1 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan.

Oliy sud tomonidan ushbu sud qarorlari o‘rganib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha e’lon qilingan ayblovlar dalillar bilan tasdiqlanmagani, taxminlar yoki mish-mishlardan iborat ma’lumotlar hamda nomaqbul dalillarga asoslangani bois sudlar tomonidan barcha qarorlar asosli ravishda chiqarilgan deb topildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Bosh prokuror sayyor qabulidan so‘ng 38 ta sud qaroriga protest kiritildi 15 iyun, 13:00
  • Zokir Aliyevga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi 04 iyul, 23:40
  • 15 nafar fuqaro prokuratura organi protestiga asosan aybsiz deb topilib oqlandi 18 мая, 16:26
  • O‘zbekistonda 2017 yilda 54 nafar sudyalar intizomiy jazoga tortildi 10 mar, 07:05
  • O‘zbekistonda Inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlashga doir qonun loyihalari ko‘rib chiqildi 15 fev, 11:35
  • O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi 22 fev, 11:11
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi 12 мая, 21:53 14
  • JCH-2022. Milliy terma jamoamiz qaysi stadionda va soat nechchida o‘ynashi ma’lum 12 мая, 21:30 76
  • "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi 12 мая, 21:14 120
  • Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi 12 мая, 21:04 144
  • Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi 12 мая, 20:47 103
  • Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi 12 мая, 20:25 138
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi 12 мая, 19:56 184
  • Karamning qanday foydali xususiyatlari bor? 12 мая, 19:18 150
  • Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 12 мая, 18:36 426
  • Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda 12 мая, 18:00 325
  • «Sputnik V» qachondan oddiy aholiga qo‘llanilishi ma’lum qilindi 12 мая, 17:11 403
  • Neymar Messi bilan emas, Ronaldu bilan o‘ynashni orzu qilyapti 12 мая, 16:50 426
  • Bo‘limlar