“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:39
ЎЗO‘Z

Chevrolet kompaniyasi Malibu, Spark va Cruze modellarini yangiladi (foto)

07 apr, 09:32 7 979 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chevrolet kompaniyasi Malibu, Spark va Cruze modellarini yangiladi (foto) Chevrolet kompaniyasi Malibu, Spark va Cruze modellarini yangiladi. Avtomobillarning kuzovi old qismi o‘zgargan, bezaklarida ko‘proq xrom qo‘llangan. Shuningdek, Spark avtomatik tormozlash tizimi bilan jihozlangan, Malibu esa ilk bor “sport” versiyasida taklif qilingan.

Spark xetchbegida yangi bamper, radiator panjarasi va linzalangan old optika paydo bo‘lgan. Endi modelning standart versiyasiga 10 ta xavfsizlik yostiqchasi, orqa ko‘rinish kamerasi va konditsioner kiradi. Spark 99 ot kuchiga ega 1,4 litrli dvigatel yordamida harakatlantiriladi va mexanik uzatmalar qutisi yoki variator bilan birga ishlaydi.

Sedan va xetchbekdan iborat Chevrolet Cruze oilasi yangi dizayn bilan birga yorug‘lik-diodli orqa faralar hamda modernizatsiya qilingan g‘ildirak disklari olgan.

Foto: motor.ru

Yangilangan Cruze modeli 7 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, WiFi, LTE, Bluetooth, dvigatelni masofadan ishga tushirish va iqlim-nazorati bilan jihozlangan. Mashinaning elektron yordamchilari quyidagilardan iborat: orqa parktronik, polosada ushlab turish tizimi, ko‘ndalang yo‘nalishda kelayotgan avtomobillardan ogohlantirish, “ko‘rinmas” hududlar monitoringi.

Foto: motor.ru

RS (sport) versiyadagi Malibu sedani qora rangli radiator panjarasi, orqa spoyler, 18 dyuymli g‘ildirak disklari va ikki quvurli gazlar chiqarish tizimini olgan.

162 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbomotorda ishlovchi Malibu endilikda 6 pog‘onali “avtomat” uzatmalar qutisi o‘rniga variator bilan jihozlanadi. Shuningdek, “Malibu” qatorida 253 ot kuchiga ega 2 litrli motor va 185 ot kuchiga ega gibrid kuch qurilmasi mavjud.

Foto: motor.ru




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 180
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 212
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 370
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 205
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar