“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 09:45
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ortiga nima yashirilgan edi?

01 apr, 00:25 5 200 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ortiga nima yashirilgan edi? Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda DXX va IIB YHXB xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.S. boshqaruvidagi “Mersedes bens” rusumli yuk avtoulovi Andijon tumanida to‘xtatildi.

U xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, mazkur yuk mashinaning yukxonasida yo‘lovchi A.I. tomonidan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan, “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochish maqsadida “tashmachilar” yordamidan foydalanib, yurtimizda qayta sotish maqsadida olib kirilgan narxi 39 536 000 so‘mlik jami 15 dona “Avangard” rusumli muzlatgichlar borligi aniqlandi.

Ana shunday holatlardan yana biri fuqaro A.O. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli, avtomashinani “Andijon-Shahrixon” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirish jarayonida fosh etildi. Ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali yana o‘sha “tashmachilar” yordamidan foydalangan holda yurtimizga olib o‘tilgan qiymati 60 000 000 so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan turli xil rusumdagi 15 dona muzlatgichlar hamda 21 dona televizorlar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Mazkur shaxslar o‘z yuk avtotransport vositalariga yuklangan ushbu maishiy texnika vositalarining hech qanday hujjatlari yo‘qligi sababli, huquq tartibot idoralari vakillarini chalg‘itishga urinib, yuk ortilgan avtotransport vositalarining ortki qismini O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldirib, bekitishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • 1,2 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 06 fev, 12:07
  • Pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurash davom etmoqda 24 dek, 12:06
  • “Damas”ga ortilgan maishiy texnika buyumlari to‘xtatib qolindi 17 dek, 18:08
  • Andijonda qariyb 58 ming dona pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi! 23 noya, 15:50
  • 1 milliard 724 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 11 noya, 10:47
  • Muzlatgichlarni “O‘rikzor”da qayta sotish rejasi ish bermadi 26 mar, 16:45
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda homilador ayolni sarson qilgan tibbiyot xodimlari vazifasidan ozod etildi 12 мая, 09:26 0
  • Chempionlar ligasining finali qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi 12 мая, 09:00 1
  • O‘zbekistonda aprel oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab qanday o‘zgardi? 12 мая, 08:30 0
  • Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi 12 мая, 08:00 0
  • Isroil zarbasidan keyin G‘azo sektoridagi 13 qavatli bino qulab tushdi 12 мая, 05:20 449
  • Marg‘ilonda sotilayotgan ellik dollarlik pullar suvenir bo‘lib chiqdi 12 мая, 00:20 868
  • Olimlar Quyosh tizimida yangi subneptun sayyorani aniqladi 11 мая, 23:53 874
  • G‘azo sektori va Isroil bir-biriga yuzlab raketalar bilan zarba berdi 11 мая, 23:34 1 267
  • Britaniyada AstraZeneca’ga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi 11 мая, 23:18 995
  • Miya qarishini sekinlashtirishning yetti usuli ma’lum qilindi 11 мая, 21:53 1 213
  • "So‘g‘diyona" "Andijon"ni yirik hisobda taslim qildi 11 мая, 21:28 1 072
  • "Lokomotiv" o‘z uyida "Metallurg"ga imkoniyatni boy berdi 11 мая, 21:19 992
  • Bo‘limlar