“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 03:21
ЎЗO‘Z

Sabzi chindan ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydimi?

24 mar, 11:04 7 574 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sabzi chindan ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydimi? “Sabzidagi beta-karotin — karotinoid ko‘rish qobiliyati uchun juda foydali modda hisoblanadi. U organizm tomonidan A vitamini tarkibida ishlab chiqiladi, — deb tushuntiradi AQSHdagi Milliy ko‘z instituti tadqiqotchisi Maykl Redmond. — Bu vitamin ko‘zning orqa qismidagi opsin va rodopsin oqsillari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Opsinlar kunduzgi yorug‘likka, rodopsinlar esa xira yorug‘likka sezuvchan bo‘ladi”.

A vitamini yetishmasligi niktalopiya — g‘ira-shira yorug‘likda ko‘ra olmaslik bilan kechadigan ko‘rish qobiliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Shunga qaramasdan, bu faqat sabziga zo‘r berish kerak degani emas. A vitamini nafaqat uning tarkibida bor. Masalan, batat yoki bargli ko‘katlar (ismaloq, jimjimali karam)da u hatto ko‘proq. Bundan tashqari, sabzining ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam berishini kutib o‘tirish kerak emas.

“A vitamini ko‘z uchun foydali, lekin u sizning ko‘rish qobiliyatingizni to‘liq tuzata olmaydi, — deydi Amerika oftalmologiya akademiyasi vakili Rebekka Teylor. — Agar siz ko‘zoynak yoki linza taqsangiz, ulardan voz kechishning iloji yo‘q”.

Yana bitta lekini bor. A vitamini — yog‘da eriydigan vitamin, shuning uchun u organizmga yog‘lar bilan birga kelib tushishi kerak. Faqat shundagina u to‘liq singdiriladi. Agar xom sabzining faqat o‘zi iste’mol qilinsa, organizm hech qanday foyda olmaydi.

Rebekka Teylor ko‘zning sog‘lig‘i uchun ismaloq va jimjimali karamdan, qizil shirin qalampirdan, bodom va sabzidan salatlar tayyorlashni tavsiya qiladi. Bularning hammasi ko‘z uchun zarur bo‘lgan A, Ye va C vitaminlarining muhim manbai hisoblanadi. Agar bunday salatlarga yog‘ qo‘shilsa, yog‘da eriydigan A va Ye vitaminlari yaxshi singdiriladi.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 284
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 105
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 96
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 139
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 247
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 107
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar