Kecha Superliganing 3-turi doirasida 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Ularning birinchisida Farg‘onada «Neftchi»ga qarshi o‘yinda «Bunyodkor» g‘alaba qozongandi.
Kunning ikkinchi o‘yini Namanganda kechib «Navbahor» o‘z maydonida amaldagi chempion «Lokomotiv»ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Bugun, 18 mart kuni Superliga bahslari doirasida 3-tur o‘yinlariga yakun yasaladi. 3-turning so‘nggi kuniga qo‘yilgan ikki o‘yinda «Paxtakor» — AGMK va «Qizilqum» — «Nasaf» juftliklari bahs olib boradi.
Ikkala o‘yin ham Sport-TV tomonidan jonli translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Superligasi 3-tur bellashuvlari 18 mart, yakshanba