“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 16:42
ЎЗO‘Z

Qalbaki so‘m va dollarlar yasagan shaxs qo‘lga olindi

13 mar, 13:18 6 012 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qalbaki so‘m va dollarlar yasagan shaxs qo‘lga olindi 2018 yil 12 fevral kuni noma’lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani hududida yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib ishlovchi A. ismli shaxsni ishonchiga kirib, uni aldab, 26 dona qalbaki 10000 so‘mlik kupyura pullarini berib, 2 qop un mahsulotlarini sotib olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ichki ishlar organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida qalbaki pullarni yasashda gumon qilingan Qorauzak tumanida yashovchi fuqaro O. qo‘lga olinib, uning yonidan qalbaki bo‘lgan 2826 dona 10000 so‘mlik pul kupyuralar va 29 dona 100 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tergov-tezkor tadbirlari davomida gumonlanuvchi O. ushbu qalbaki pullarni Qozog‘iston Respublikasida yashovchi V. ismli shaxs bilan birgalikda yasaganligi va O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazish maqsadida olib kirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi ya’ni, o‘tkazish maqsadida qalbaki pul va chet el valyutasini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yasash yoki ularni o‘tkazish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Qalbaki pullarni yarim qiymatida «o‘tkazish»ga uringanlar qo‘lga olindi 27 yanv, 19:26
  • Angrenda 2 bosh qo‘y 2,9 mln. so‘m qalbaki pulga sotildi 16 dek, 21:15
  • Parkentda qalbaki pullar ishlab chiqarayotgan yashirin “pul sexi” aniqlandi 09 dek, 14:15
  • Qalbaki dollar tayyorlash va uni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi 28 okt, 17:30
  • Bekobodda 50 ming so‘mlik qalbaki pullar yasagan “tadbirkorlar” qo‘lga tushdi 25 fev, 00:05
  • Toshkentda 50.000 so‘mlik qalbaki pullarni yasash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi 08 fev, 09:44
  • So'nggi yangiliklar
  • Yosh 40 dan oshganidan keyin amal qilish kerak bo‘lgan odatlar 23 apr, 15:39 13
  • «UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda 23 apr, 15:11 114
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 163
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 271
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 339
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 428
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 1 096
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 510
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 527
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 1 070
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 664
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 588
  • Bo‘limlar