“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 10:44
ЎЗO‘Z

Biofaol qo‘shimchalar: ulardan erkaklarga naf bormi?

03 mar, 08:05 5 766 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biofaol qo‘shimchalar: ulardan erkaklarga naf bormi? Biologik faol qo‘shimchalar keng tarqalgan bugungi kunda quvvatni oshirish borasida “mo‘jizakor” xususiyatga ega “erkaklar uchun darmondorilar” eng xaridorgir tovarga aylanib bormoqda.

Internet tarmoqlariga bir nazar tashlasangiz, erkaklarga quvvatini tiklab bera oladigan “sehrli” vositalarni tavsiya qiluvchi e’lonlarga to‘lib ketganiga guvoh bo‘lasiz. Go‘yoki, ehtiyoj shu darajaga yetganday.

Mutaxassislar esa ba’zilaridan qandaydir foyda bo‘lishi mumkinligini inkor etmagan holda, bunday quvvatdorilarga ruju qo‘yganlarni ogohlantirishdan erinishmayapti.

Xo‘sh, aslida ulardan kimga foyda, kimga ziyon?

Shuni unutmaslik kerakki, biofaol qo‘shimcha – bu kasallikka qarshi dori emas. Buning ustiga, agar uning tarkibida dori mavjud bo‘lsa, bu jinoyat bilan barobar va uni ishlab chiqarganlar jazolanishi kerak. Afsuski, mutaxassislar fikricha, bunday holatlar ko‘p uchramoqda.

Masalan, Moskva shahrida o‘tkazilgan tekshirishlarda dorixonalarda sotilayotgan ana shunday biofaol qo‘shimchalarning 80 foizi tarkibida “ta’qiqlangan xavfli moddalar” mavjudligi aniqlangan. Gap inson salomatligiga jiddiy xavf solishi mumkin bo‘lgan fosfodiesterazlar 5-tipiga mansub ingibitorlar (FDE-5) haqida bormoqda. Kardiologlar FDE-5ning anemiya, ichak yarasi, buyrak va jigar xastaligi, arterial gipertoniya, stenokardiya va yurak urishida buzilish bo‘lgan erkaklar uchun qat’iy ta’qiqlanganini aytishadi.

Xalqaro miqyosda taniqli bo‘lgan doktor Mark Aron esa 50 yoshdan oshgan barcha erkaklarga muntazam ravishda prostata bezi saratonining oldini olish bo‘yicha tekshirishdan o‘tib turishni tavsiya qilgan holda, erlik quvvatini oshiradigan ayrim turdagi biofaol qo‘shimchalarni qabul qilish mumkin deb hisoblaydi.

Erkaklar salomatligi uchun mo‘ljallangan biofaol qo‘shimchalar (ishonchli ishlab chiqaruvchilar mahsuloti) tarkibida haqiqatdan ham erkaklar tanosil a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan moddalar bor. Ular hirsni qo‘zg‘ash xususiyatiga ega. Har qalay, qaysidir o‘lkalarda o‘sadigan ana shunday dorivor o‘simliklar ekstraktini ko‘p yillardan buyon erkaklar iste’mol qilib kelishadi.

Ammo ulardan kasallikni tiklash maqsadida foydalanish aslo mumkin emas, deydi mutaxassislar. Erkaklik quvvatining kamayishi bu kasallik. Uni tibbiyot davolaydi. Ya’ni, ishlab chiqaruvchisi noma’lum qandaydir “mo‘jizakor” o‘tning ekstrakti bilan davolanishga urinish ahvolni og‘irlashtirishi, kutilmagan boshqa xastalikni keltirib chiqarishi ham mumkin ekan.

Ishlab chiqaruvchilarni birinchi galda mahsulotning ko‘proq va tezroq sotilishi, undan kelayotgan daromad ko‘proq qiziqtirishi turgan gap. Shuning uchun ular birinchi navbatda xaridorlar kutgan "natija”ga zo‘r berishadi. Keyin-chi, keyin nima bo‘ladi? Buyog‘i endi xaridorning muammosi.

Bunday dorivor giyohlarni muttasil iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelgan holatlar haqida ogohlantirar ekan, soha mutaxassislari ularning farmatsevtik tarkibi noma’lumligiga e’tibor qaratadilar.

Haqiqatdan ham, vrach bemorga o‘zi tarkibi haqida ma’lumotga ega dorini tavsiya qiladi, ammo sizga o‘sha “mo‘jizakor” preparatni tavsiya qilayotgan “attor” nimani biladi? Umuman, bu muammo butun dunyoga tarqab ketgan. Jumladan, o‘zimizda ham.

Sog‘lig‘iga e’tiborsiz bo‘lmagan erkaklarda har xil xapdorilarga zarurat bo‘lmasligi aniq. Buning uchun jismoniy mehnat, sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish kifoya. Agar muammoga duch kelingan bo‘lsa, vrachlar tavsiyasiga quloq solgan ma’qul.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 289
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 113
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 97
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 139
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 249
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 107
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 22
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 19
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 84
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 462
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 158
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 134
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 225
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 85
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 518
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 146
  • Bo‘limlar