“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 05:58
ЎЗO‘Z

Fikrga nisbatan fikr bildirishdagi adl

28 fev, 11:50 9 894 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fikrga nisbatan fikr bildirishdagi adl Fikr bildirish har bir shaxsning huquqidir. Fikrga nisbatan munosabat bildirish ham huquqlar ichra bir huquqdir. Hozirda shu – bildirilgan fikrga nisbatan munosabat bildirish ijtimoiy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib boryapti. Fikrlar to‘qnashuvi vositasida yangi qarashlar, mulohazalar paydo bo‘layapti. Madomiki bu ish tinch-totuv, yaxshilikka intilish ruhida amalga oshirilsa, unga ijobiy ko‘z bilan qaramog‘imiz, qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Shu bilan birga... fikrga nisbatan munosabat bildirish sifati, saviyasi ustidan ham ishlashimiz lozim bo‘ladi...

Azon.uz saytida “Ovropaning xatarli istiqboli” nomli maqola chiqqan edi. Maqola muallifi g‘arb olamiga xos ba’zi salbiy holatlarni tilga olib, jamiyatimiz ulardan saqlanmog‘i lozimligi fikrini oldinga surgan. Maqola ila Ovropa xalqlari hayotini umumiy, keng qamrovli tahlilini qilishni emas, balki aynan ba’zi illatlarning xataridan ogoh etish maqsad qilingani ko‘rinib turibdi. Ammo bu maqolaga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan bir fikrga ko‘zim tushdi. Ushbu post misolida fikrga munosabat bildirishdagi ba’zi tushunchaviy... tushunmovchiliklarni yengil tahlil qilamiz.

Iqtibos: «Yevropada o‘zaro hurmat, ishonch, muhabbat tuyg‘ulari yo‘qolib borayotgan ekan. Insoniy xislatlarning unutilib ketayotgan ekan. Ovro‘palik kishilar bugun faqat moddiy dunyo hisobigagina kun kechirmoqda emish: D. Men Yevropada ham, AQShda ham yashaganman, lekin o'zbeklardek individualist, materialist, molparast, poraxo'r va qo'rqoq, kuch va pulga sig'inuvchi xalqni u yerda ko'rmaganman.

Yevropada muammolar talaygina, lekin u muammolar to'q jamiyatning muammolari va ular o'zini isloh qilib oladi kritik nuqtaga kelganda, buni Yevropa tarixi bir necha bor isbotlagan. Ijtimoiy va ong rivojlanishi bo'yicha bir necha pog'ona ulardan past turadigan musulmonlarimiz to oynaga yaxshilab qarab olib, o'zining qusurlari bilan shug'ullanib, o'zini isloh qilmaguncha, umuman boshqa xalqlar haqida og'iz ochishga ham ma'naviy haqqi yo'q. Aksi holda, sublimatsiyaga o'xshab qolayapti.

Xullas, oldin o'zinga boq, keyin nog'ora qoq. (Iqtibos tugadi)

Endi tahlil. Avvalo, maqola muallifi, boya aytganimizdek, g‘arb xalqlari hayotini to‘laqonli tahlil qilishni hamda bizning ulardan ustunlik taraflarimizni sarhisob qilishni maqsad qilmagan. Buni aytdik.

Keyin g‘arb hayotiga xos illatlar bu – avvalo chuqur, fundamental ma’naviy nizomlarning izidan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy illatlardir. Nima degani bu?

Islom dini insoniyatga dunyo nizomini tutib turgan narsalarning ketma-ketligini (iyerarxiyasini) ochib berdi. Ya’ni mohiyatan ulkan, katta tushunchalarni ham, kichigini ham o‘z o‘rniga qo‘yib berdi.

Islom ta’limoti ijobiy narsalarni tavsiflash bilan birga salbiy narsalarni ham tushuntirib, kattasiniyu kichigini – hammasini o‘z joyiga “joylashtirib” berdi. Qilmishlarning eng salbiylarini tilga olib, ba’zilari yeru-osmonni... larzaga keltirishi haqida xabar berdi. E’tibor ila qaraladigan bo‘lsa, yaxshilik va zulmning eng kattalari insonning harakatlari bilan emas, balki odam bolasining... dunyoqarashi bilan, e’tiqodi bilan, ba’zi narsalarga ishonish-ishonmasligi, nimanidir tan olishi yoki rad etishi bilan, ya’niki ko‘zga ko‘rinmas – ma’naviy olam bilan bog‘langan.

Yaratgan Zot o‘zi yaratgan dunyoda nima ahamiyatliroq ekanini yaxshi biladi. Biz esa – yo‘q.

Islom keltirgan haqiqiy... haqiqatlarni rad etgan kishi, xoh bo‘lsin unda dunyoning bor mulki va uni o‘zgalarga ulashsin, baribir eng katta zolimdir. Ko‘zimizga eng chiroyli xulq egasi bo‘lib ko‘ringan, ammo haqni inkor qilgan – yeru osmonni larzaga keltiruvchi shaxsdir.

G‘arb mafkurasining eng chuqur illatlari garchi tashqi saranjomlikka burkanib olib, biroz yashiringan bo‘lsa-da, haq nigoh ostida otning qashqasidek namoyon bo‘lib qoladi. Gap oddiy Ovropa va Amerika xalqlarida emas. Gap o‘sha xalqlarning ustiga kelib, ulardan haqiqatni yashirish uchun bor imkoniyatini sarflayotgan, xususan Islom dinini yomonotliq qilib, Islomning har bir inson fitratiga mos keluvchi haqiqatini yashirishga otlangan korchalonlar va ular yaratgan, tizimli ravishda dunyoga yoyilayotgan iste’molchilik dunyoqarashida.

Shu boisdan g‘arbning chuqur ma’naviy illatlari haqida gapirilganda “avval o‘zingga boq” maqolini aytish mantiqiy xatolikdir. Bizning holatimiz ko‘rimsiz. Ammo islomiy haqiqatlardan, salbiy amallar iyerarxiyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, holatimiz yaxshi bo‘lmasa-da, g‘arbning holatidan ancha tuzuk. Holatimizni esa boshini bir joyga urib olib vaqtincha gangib, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, ammo o‘ziga kelgandan so‘ng ulkan ishlarga qodir, asosi baquvvat kishiga o‘xshatsa bo‘ladi...
Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 526
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 75
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 67
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 349
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar