“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:08
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston shaxmatchilari Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda bormoqda

25 fev, 23:02 4 581 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston shaxmatchilari Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda bormoqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi shaxmat bo‘yicha mamlakatlar terma jamoalarining yangilangan reytingini e’lon qildi.
Reytingga 179 mamlakat kiritildi. Ro‘yxat har bir mamlakatning 10 nafardan eng yaxshi erkak va ayol shaxmatchilari reytingi asosida tuzildi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi reytingda 2517 ochko bilan 36-o‘rinda qayd etildi.
Reytingning 1-pog‘onasidan 2747 ochko bilan Rossiya o‘rin egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda Xitoy (2709 ochko), uchinchi o‘rinda AQSH (2695) joylashgan.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham 36-o‘ringa joylashdi (2169 ochko).
Ayol shaxmatchilar borasida Xitoy 1-o‘rinda (2492 ochko), Rossiya 2-o‘rinda (2481 ochko) va Qatar kuchli uchlikni yakunlab beradi (2423 ochko).

Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi birinchi o‘rinda. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston terma jamoalari joylashgan.

Ayol shaxmatchilar jamoasi esa ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Birinchi o‘rinda Qozog‘iston joylashgan. Uchinchi o‘rin Turkmaniston, to‘rtinchi o‘rin Qirg‘iziston va beshinchi o‘rin Tojikiston ayol shaxmatchilariga nasib etdi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi reytingini grossmeyster Rustam Qosimjonov boshqarib bormoqda. Uning hisobida 2683 ochko bor. Ikkinchi o‘rinda Anton Filippov (2592), uchinchi o‘rinda Jahongir Vohidov (2532) joylashgan. E’tiborlisi, 14 yoshli Nodirbek Abdusattorov 2516 ochko bilan 4-o‘rindan joy egalladi.

O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilari reytingida 16 yoshli Nodirbek Yakubboyev, 13 yoshli Javohir Sindorov, 15 yoshli Suhrobjon Avalboyevlarni ham uchratish mumkin.

O‘zbekistonning eng kuchli ayol shaxmatchisi sifatida Gulruhbegim Tohirjonova qayd etilgan. Uning hisobida 2329 ochko bor. Keyingi o‘rinlardan Nafisa Mo‘minova (2324) va Irina Gevorgyan (2273) joy olgan.
O‘zbekiston shaxmatchilari, Markaziy Osiyoda birinchi




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar