“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 08:06
ЎЗO‘Z

“Ozg‘in”lar uchun qatiq suvining foydasi...

24 fev, 17:10 9 106 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Ozg‘in”lar uchun qatiq suvining foydasi... Men ham boshimdan o‘tkazgan bir voqeani muxlislar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Chunki u kimlargadir, hatto bir kishiga asqotsa ham juda xursand bo‘lardim.

Yoshligimda bo‘yim novcha, yelkador yigit edim. Hatto yotoqxonada birga turgan kursdosh do‘stlarim ham mening qomatimga havas qilishardi. Lekin yillar o‘tib, juda ozib ketdim. Buni ayniqsa, kursdoshlarimiz bilan 20 yillik yubiley o‘tkazgan kunimiz juda yomon his etdim. Hatto uyaldim ham. Chunki uzoq yillardan so‘ng meni ko‘rgan kursdoshlarim hayratdan lol qolishdi.

Shunda Laziza ismli bir kursdoshimiz yonimga kelib, yoshligida buvisi bilan yashagani va tabobatdan ancha xabari borligini aytib: “Juda oriq bo‘lganlar kunni qatiq suvi bilan boshlasa, qoni tozalanadi, tanasidagi issiq safro soviydi va kamayadi. Qolaversa, u ichaklar va taloqqa dam berib, hazmni osonlashtiradi hamda semirishga yordam beradi”, dedi.

Uyga kelgach, kursdoshlar bilan diydorlashuvdan bir xursand bo‘lsam, ularning ahvolimni ko‘rib, achingannamo qarashlaridan izza bo‘lganimni o‘ylab, xafa bo‘lardim. Uch-to‘rt kun ana shunday g‘alati ahvolda yurdim. Oxiri, Lazizaning aytganini qilib ko‘rishga qaror qildim. Ayolimdan har kuni nahorga qatiqning suvini tayyorlab berishini so‘radim va har bir kunimni qatiq suvi bilan boshlaydigan bo‘ldim. Haqiqatdan ham qatiq suvi yordam berdi. Tanamga et bitib, quvvatga kira boshladim. Hozir vaznim ancha ortgan.

Yaqinda kursdoshlarim bilan 25 yillik yubileyni o‘tkazmoqchimiz. Endi ularning yoniga ochiq yuz bilan boraman. Lazizaga ham bir yo‘la o‘z minnatdorligimni bildirib qaytmoqchiman.


Manba: hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 286
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 110
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 96
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 139
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 248
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 107
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 97
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 181
  • Bo‘limlar