“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:20
ЎЗO‘Z

Tishlarga zarar yetkazadigan odatlarimiz

18 fev, 00:18 7 362 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tishlarga zarar yetkazadigan odatlarimiz Stomatologlar tishlarni ishdan chiqaradigan asosiy odatlar nimaligini aytdi. Ba’zi tavsiyalarga rioya qilaman, deb o‘z tishlarimiz salomatligiga ziyon yetkazayotganimizni bilmay qolarkanmiz.

Britaniyaning The Daily Mail gazetasi stomatolog Tariq Idrisga tayanib, ba’zi keng tarqalgan xatolar haqida maqola e’lon qildi.

Ko‘p choy va qahva ichish
Ushbu ichimliklar tarkibidagi kofein og‘iz bo‘shlig‘ini quritib yuboradi, bu kariyes xavfini oshiradi. Yana bir modda, tanin (u ayniqsa, choyda ko‘p bo‘ladi) terini oshlovchi xususiyatlarga ega bo‘lib, emalning qorayishiga, tishlarda sarg‘ish dog‘lar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, tishlar sarg‘ayishi uchun kuniga 5—6 chashka achchiq qora qahva ichish kifoya bo‘ladi.

Ba’zi ayollar choy yoki qahva o‘rniga, bezarar ichimlik sifatida limonli issiq suv ichishni afzal ko‘radi. Ammo bunday ichimlik tishlar uchun choy yoki qahvadan ham ko‘ra zararliroqdir, chunki u emal eroziyasi rivojlanishiga imkon yaratadi.

Tishlarni juda tez-tez yuvish
Tishni kuniga ikki mahal — ertalab va kechqurun yuvish — og‘iz bo‘shlig‘ida gigiyenani saqlash uchun yetarli. Biroq ba’zilar har safar ovqatlanib bo‘lgach, ayniqsa, to‘yimli tushlikdan so‘ng tish tozalaydi. Shu bilan birga, yodda tutingki, gazli yoki nordon ichimlikdan so‘ng darhol tish yuvish emal va uning ostidagi qavat — dentinga zarar yetkazadi. Agar ovqatdan so‘ng tishlarni tozalashingiz kerak bo‘lsa, kamida bir soat kutib turing. Bu vaqt ichida so‘lak kislotani neytrallashtirishga ulguradi.

Juda ko‘p meva yeyish
Boshqa organlar uchun foydali jihatlariga qaramay, mevalar tishlarga zarar keltiradi. Mevalar og‘izda juda nordon muhitni yaratadi. Bundan tashqari, kislota ishlab chiqarib, shu bilan vaziyatni chuqurlashtiradigan bakteriyalar fruktoza bilan oziqlanadi.

Zararni yo‘qqa chiqarish uchun meva yeb bo‘lgandan so‘ng og‘izni suv bilan chayqab tashlash yoki kislotani neytrallashtiradigan mahsulot, masalan, pishloq yeyish kerak.

Ichimliklarga solingan muzni tishlab yeyish
Birinchidan shu tariqa tishni sindirib olish mumkin. Ikkinchidan, tish emali yuzasidan kichik yoriqlar paydo bo‘ladi, bu esa ancha jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi muqarrar.

Tishdan asbob sifatida foydalanish
Tish yordamida butilka qopqog‘ini ochish, paketni yirtish yoki yangi kiyimdagi qog‘ozlarni uzib olishga urinar ekansiz, tishlaringizga shikast yetishi mumkin — tishning bir bo‘lagi uchib ketishi yoki butun bir tish sinib tushishi mumkin.
Tishlar, zarar, odatlar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 190
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 136
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 313
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 121
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 98
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 143
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar