“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 23:38
ЎЗO‘Z

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 3 dekabr kuni chaqiriladi

20 noya, 10:53 8 292 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 3 dekabr kuni chaqiriladi

2015 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi O‘zA.

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 3 dekabr kuni chaqiriladi

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev olib bordi.

Kengash Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisini shu yilning 3 dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senat yalpi majlisining muhokamasiga aholi turmush darajasining yanada oshirilishini va uning ijtimoiy himoya qilinishi kuchaytirilishini, iqtisodiyotning yuqori hamda barqaror sur’atlarini, aholi bandligini ta’minlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi, shuningdek, 2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risidagi masalalarning kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Senat yalpi majlisining kun tartibiga mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich isloh qilishga va erkinlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga kiritilgan tuzatishlarni amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining qator qonunlari kiritilmoqda.

Shu bilan birga, navbatdagi yalpi majlisda senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini muhokama qiladi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalarining va Devonining to‘rtinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi.


Manba: Daryo.uz



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Senatning yalpi majlisi 13 dekabrda bo‘lib o‘tadi 05 dek, 21:58
  • Ertaga Senat xalqaro mehnat standartlari masalasini ko‘rib chiqadi 03 okt, 13:08
  • 24 avgust kuni Senatning 11-yalpi yig‘ilishi o‘tkaziladi 19 avg, 00:38
  • Senatning sakkizinchi yalpi majlisida 15ta masala ko‘rib chiqildi 14 dek, 01:50
  • Oliy Majlis Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 13 dekabr kuni chaqiriladi 12 dek, 14:02
  • Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifiga binoan Prezidentlik vakolatlari vaqtincha Shavkat Mirziyoyevga yuklatildi 08 sen, 23:34
  • So'nggi yangiliklar
  • Dragan Cheran: "O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashga tayyorman. Faqat... " 12 мая, 23:12 1
  • Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar mahkumni afv etdi 12 мая, 22:44 0
  • Jizzaxda MIB tomonidan davlat budjetiga 1.4 mlrd. so‘m undirildi 12 мая, 22:22 0
  • Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi 12 мая, 21:53 15
  • JCH-2022. Milliy terma jamoamiz qaysi stadionda va soat nechchida o‘ynashi ma’lum 12 мая, 21:30 79
  • "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi 12 мая, 21:14 120
  • Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi 12 мая, 21:04 145
  • Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi 12 мая, 20:47 104
  • Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi 12 мая, 20:25 138
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi 12 мая, 19:56 185
  • Karamning qanday foydali xususiyatlari bor? 12 мая, 19:18 150
  • Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 12 мая, 18:36 426
  • Bo‘limlar