“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:09
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlashga doir qonun loyihalari ko‘rib chiqildi

15 fev, 11:35 6 443 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlashga doir qonun loyihalari ko‘rib chiqildi 2018-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda ta’kidlandiki, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalish, ta’kidlab o‘tilganidek, har bir fuqaroning hayotida juda muhim ahamiyatga ega, chunki u inson huquq va erkinliklariga bevosita aloqadordir.

Ko‘plar ushbu sohadagi ilg‘or g‘oyalarning amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘z hayotida his etib ulgurdi. Masalan, faqat 2017-yilning o‘zida sudlar tomonidan 228 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi, holbuki o‘tgan besh yil mobaynida bor-yo‘g‘i 7 nafar shaxs oqlangan edi.

Dastlabki tergov organlari tomonidan 3,8 mingta jinoyat ishi tugatildi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan kiritilgan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi inson huquq va erkinliklarini ta’minlash yo‘lidagi tub islohotlarning mantiqiy davomidir.

Qonun loyihasi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud-tergov faoliyati jarayonida fuqarolar huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.

Bu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrda qabul qilingan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarishning mantiqiy davomidir.

Deputatlar qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar va qabul qildilar. Qonun parlament yuqori palatasiga ma’qullash uchun yuboriladigan bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar