“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 12:54
ЎЗO‘Z

Telegram asoschisi Parijdagi teraktlar uchun javobgarlikni IShID va Fransiya hukumatiga yukladi

18 noya, 17:04 7 090 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Telegram asoschisi Parijdagi teraktlar uchun javobgarlikni IShID va Fransiya hukumatiga yukladi

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Parijda 13 noyabr kuni yuz bergan teraktlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Ayni vaqtda, u Instagram’dagi o‘z sahifasida Fransiya hukumatini tanqid ostiga olib, fojia uchun hukumat «Iroq va Shom islom davlati» bilan bir xilda javobgar ekanligini ham qayd etib o‘tdi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya «hukumatining beg‘amligi fojiaga sabab bo‘ldi». «Hukumat fuqarolarga haddan tashqari katta soliqlar solgan, bu pullar esa Yaqin Sharqdagi befoyda urushga, shuningdek, Shimoliy Afrikadan kelgan muhojirlar uchun zararli ijtimoiy jannatni yaratishga sarflanmoqda», — deb yozadi u. «VKontakte» asoschisi Parijning sosialistlar qo‘lida qolayotganini sharmandalik deb atab, «ular bu go‘zal shaharni vayron qilayotgani»ni aytib o‘tdi.

16 noyabr kuni Rossiya Davlat dumasining Konstitusiyaviy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Ageev Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikovdan, agar IShID terrorchilari Telegram messenjeridan foydalanayotgani haqidagi axborot tasdiqlansa, Rossiyada mazkur mobil dasturdan foydalanishni cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragandi.

Telegram asoschisi esa mazkur g‘oyaga izoh berarkan, «so‘zlarni taqiqlashga» chorlagan edi. «Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘zlar yordamida terrorchilar o‘zaro muloqot qilayotgan ekan», — deb yozgandi Durov «VKontakte»dagi sahifasida.

Durov sentyabr oyi oxirida Telegram messenjeridan terrorchilar foydalanayotganini, bundan o‘zini aybdor his qilmayotganini qayd etib o‘tgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID a’zolari muloqot vositasini har doim topa oladi va biror platforma ishonchsizdek tuyulsa, ular boshqa bir vositaga murojaat qiladi.

IShID 13 noyabr oqshomida Parijda yuz bergan terrorchilik harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik hujumlari oqibatida 129 kishi halok bo‘ldi, 352 kishi tan jarohati oldi.


Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 165
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 843
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 273
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 168
  • Bo‘limlar