“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 11:06
ЎЗO‘Z

Rus imperatori Nikolay II’ga tegishli Rolls-Royce sotuvga qo‘yildi

26 yanv, 23:39 8 028 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rus imperatori Nikolay II’ga tegishli Rolls-Royce sotuvga qo‘yildi “Avto.ru” saytida 1914 yilda ishlab chiqarilgan Rolls-Royce Silver Ghost (40/50 hp) mashinasi sotilishi haqidagi e’lon paydo bo‘ldi, deb yozadi Kun nashri. Mashina egasining aytishicha, hozirda Germaniyada saqlanayotgan avtomobil o‘z vaqtida so‘nggi rus imperatori Nikolay II’ga tegishli bo‘lgan. Qadimiy mashina 278 mln rublga (4,5 mln dollar atrofida) baholangan.

Rolls-Royce 40/50 hp 1913 yil Sankt-Peterburgdagi xalqaro avtomobil ko‘rgazmasida taqdim qilingan. Rossiya imperatori buyurtmasiga ko‘ra avtomobilni yaratish bilan Kellner et ses fils kuzov atelesi shug‘ullangan.

Mashinaning jihozlari orasiga elektr chiroqlar, yumshoq o‘rindiqlar, gullar uchun vaza, kuldonlar va telefon kirgan. Mashinaga 50 ot kuchiga ega 7,4 litrli dvigatel o‘rnatilgan. Mashina massasi 1971 kg.ni tashkil qilgan. Avtomobil 100 km yo‘lga 17,5 litr yonilg‘i va bir litr moy sarflagan. Mashinaning maksimal tezligi 117 km/soatni tashkil qilgan.

Nikolay II o‘limidan keyin avtomobil egasi mashinani Las-Vegasdagi kazinoga tomoshaga qo‘ygan. Shundan keyin mashina qayta sotilib, Germaniyadagi bunkerga yashirib qo‘yilgan. Mashina u yerda tasodifan topilgan.

Shu avtomobil 2013 yilda ham sotuvga qo‘yilgan. O‘shanda unga 5,5 mln yevro (383 mln rubl) so‘ralgan.

Rus imperatorining garajida Silver Ghost’dan tashqari, Renault 40HP, Peugeot Bebe, Delaunay-Belleville va Benz 16/40PS modellaridagi mashinalar bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 1
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 132
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 168
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 136
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 0
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 1
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 1
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 3
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 106
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 8
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 119
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 91
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 14
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • Bo‘limlar