“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 23:50
ЎЗO‘Z

Pishloq yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi

19 yanv, 12:31 9 776 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pishloq yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari har kuni bor-yo‘g‘i 40 grammdan pishloq iste’mol qilish insult rivojlanishining va yurak ishemik kasalliklarining oldini olishi mumkin ekanligini tasdiqladi.

Parhezshunoslar uzoq yillar pishloqqa nisbatan munozarali munosabatda bo‘lgan: bir tomondan — uning tarkibida xolesterin miqdorini ko‘taruvchi, ateroskleroz va yurak-tomir kasalliklari xavfini oshiruvchi to‘yingan yog‘lar ko‘p, boshqa tomondan — uning tarkibi organizm uchun foydali bo‘lgan oqsillar, kalsiy va probiotiklardan tashkil topgan.

Xitoy va Niderlandiya olimlari guruhi tomonidan o‘tkazilgan bir necha tadqiqot natijalaridan keyin ular, muntazam ravishda pishloq iste’mol qiluvchi kishilar pishloqni umuman iste’mol qilmagan va kam iste’mol qiluvchilarga qaraganda yurakning ishemik kasalliklari bilan 14% , insult bilan esa 10% kam kasallangan degan xulosaga keldi.

Shu bilan birgalikda tadqiqot mualliflari pishloq iste’mol qilish va yurak-tomir kasalliklarining rivojlanishi orasiga — agar siz har kuni katta bo‘lakdan pishloq yemasangiz, unda insultning paydo bo‘lish xavfini kamaytira olmaysiz (yoki aksincha) kabi to‘g‘ri bog‘liqlik o‘rnatish mumkin emasligini eslatib o‘tdi.

Me’yorini bilish muhim: xuddi shu tadqiqotlarga ko‘ra, eng yaxshi ko‘rsatkichlar bir kunda 40 grammga yaqin pishloq iste’mol qiluvchi odamlarda bo‘lgan.

Garchi olimlar pishloq iste’mol qilish va kasalliklar xavfining kamayishi orasidagi bog‘liqlikni aniqlay olmagan bo‘lsa ham, doktor Alan Styuart hamma gap pishloqning tarkibidagi probiotiklar va kon’yugirlangan linol kislotasining yuqori darajasida deb taxmin qiladi.

Birinchisi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, kislotalar esa yomon xolesterin darajasini pasaytirish va yaxshi xolesterin darajasini ko‘tarish xususiyatiga ega.

Olimlar tadqiqotlarni davom ettirish va nafaqat pishloqning, balki uning boshqa navlarining ham foydasini o‘rganish niyatida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 83
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 128
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 240
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 97
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 321
  • Quruq yo‘talni yumshatishda yordam beradigan uchta xalqona usul 22 apr, 15:13 142
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Bo‘limlar