Garri Potter haqida hikoya qiluvchi film muxlislari kelgusida eng kuchli va yovuz sehrgarga aylanuvchi Volan-de-Mortning bolaligi va yoshlik yillari haqida film suratga olishdi.
Film “Volan-de-Mort: Vorisning sarchashmasi” nomi bilan YouTube tarmog’iga joylashtirilgan.
Xabarda aytilishicha, 52 daqiqali kartina Joun Rouling muxlislari tomonidan Kickstarter orqali 2016 yilda yig’ilgan mablag’ evaziga suratga olindi.