“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:02
ЎЗO‘Z

67 yil davomida birga umr kechirgan juftlik 1,5 soatlik farq bilan bir kunda vafot etishdi

15 yanv, 01:03 7 301 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
67 yil davomida birga umr kechirgan juftlik 1,5 soatlik farq bilan bir kunda vafot etishdi Artur va Doroti Xardinglar yigit 24, qiz 21 yoshda bo’lgan paytlari turmush qurishgan edi. Salkam 70 yil birga umr kechirgan er-xotinlar orasida bora-bora telepatik aloqa paydo bo’ldi. Buni muhabbat deya atash kerakmi yoki mo’jiza, biroq juftlik turli kasalxonalarda yotgancha 90 daqiqa farq bilan bir kunda vafot etishdi.

Buyuk Britaniyaning Manchester shtatida istiqomat qilgan juftlik 1950 yilda oila qurishgan. Ular birga kechirgan yillari davomida 2 nafar farzandni dunyoga keltirishdi, 4 nafar nabirali bo’lishdi, 5 ta chevara ko’rishdi va hatto evarali bo’lish arafasida edilar.

Doroti butun umr tekstil fabrikasida mehnat qilib, nafaqaga chiqqandan keyin tikuvchilik bilan ovundi. Artur esa tekstil sohasi bilan bog’liq bo’lgan biznesni boshqarardi.

Ayol salomatligi bilan bog’liq muammolarga duch kela boshladi va yurak hastaligi bilan shifoxonaga yotdi. Biroz o’tib Artur ham o’pka hastaligi sabab kasalxonaga tushib qoldi.

Yangi yil bayrami arafasida ularning ahvoli yomonlashdi. Shunda ularni alohida kasalxonalarga joylashtirishdi. 9 yanvar kuni tongda Artur olamdan o’tdi. Buvisining yonida o’tirgan Rouz esa unga qadrdon turmush o’rtog’ining olamdan o’tgani haqida ma’lum qildi.

“Men unga “Buvi, endi ketsangiz bo’ladi” deb aytdim va o’sha ondan uni hayot alomatlari tark eta boshladi. Oradan yarim soat o’tib esa vafot etdi. Birga o’tkazilgan yillar davomida ular o’rtasida telepatiya yuzaga kelgan ekan...” deydi Rouz Xarding.

Darhaqiqat, bu balki muhabbat, birga o’tkazilgan yillar, hurmat va ishonch sharofati, bir-birisiz yashashni istamagan ikki inson duolarining iоobati, balki Yaratganning ularga ko’rsatgan marhamatidir... Ayolning eridan avvalroq emas, aynan turmush o’rtog’idan keyin vafot etishi, toki uning ketgani ma’lum bo’lmaguncha tinch holda jon bera olmasligida ham o’ziga yarasha ma’no bordir balki...




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar