“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 05:09
ЎЗO‘Z

Jodu qilingan odam...

12 yanv, 12:03 45 110 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jodu qilingan odam... Jamiyatimizda keng tarqalgan, iymonimizga katta xatar soluvchi narsalardan biri sehr-jodudir. Afsuski, bugungi kunda odamlar orasida sehr-jodu bilan shug‘ullanish nihoyatda avj olib boryapti. Bunga ko‘proq ayollar ruju qo‘ygan.

Birovning joyini, mansabini egallash, o‘zining joyini birovga bermaslik, birovning xotinini qo‘lga kiritish, birovning erini tortib olish – bularning barchasiga sehr-jodu bilan erishaman, deb o‘ylab, iymonidan ayrilib, oxiratini barbod qilayotganlar qancha. Ayollar erini qizg‘anib, noo‘rin, asossiz rashk qilib, boshqalar tortib olmasin, deb o‘qitib yurishadi. Buning gunohligini aytsangiz, birovga issiq-sovuq qilmayapmiz, sehr qilmayapmiz, “isitsam o‘zimga isityapman-ku, domlaga o‘qityapman-ku”, deyishadi.

Ba’zi ulamolar: “Bunday o‘qitishlar yetti martaga borsa, joduga aylanadi”, deganlar. Jodu qilingan odamda turli salbiy holatlar yuz beradi. Ba’zi olimlar: “Jodu qilingan odamda beshta narsaning biri yoki hammasi bo‘ladi: ko‘zi ko‘r bo‘lib qoladi, mijozi sustlashadi, kambag‘allashadi, qamalib qoladi, beshinchisi esa o‘limdir”, deganlar. Joduga uchragan odam shu besh narsaning biri yoki hammasiga uchraydi.

Buni bilmagan ba’zi johila, ilmdan bexabar ayollar erini qizg‘anib, go‘yo oilani saqlab qolaman, deb shu ishlarni qilib yuradi. Duch kelgan, kimligi, ilmiy saviyasi, aqiydasi noma’lum odamlarga borib, ular aytgan pulni berib, erlarini o‘qitaverishadi. Bilib-bilmay qilayotgan mana shu ishi tufayli bir kuni boshiga shu beshta narsaning biri kelganida pushaymon bo‘lib qolishadi. Ayrimlar: “Erim uyda o‘tirsin”, deb o‘qitishadi. Ularning asli maqsadi erining uyida o‘tirishi emas. Balki uning topganiga qanoat qilmay, birovga sarflayapti, degan yomon gumon bilan uni uyda o‘tirsin, deb jodu qildiradi. Ammo eri bir kun uyda o‘tirib qolsa, bunga ham chiday olmay, “Ko‘chaga chiqib, ishlab pul topib kel”, deyishadi.

Oilamni saqlab qolaman yoki ma’lum bir mansabga erishaman, birovning joyiga ega bo‘laman deb qilayotgan harakatlari oqibatida kufrga ketayotgan odamlar ko‘payib boryapti, azizlar. Bu ishlarning qanchalik og‘ir gunoh ekanini, oqibati qanchalik ayanchli ekanini xalqimizga tushuntirib, jamiyatimizni bunday illatlardan tozalash, nasl-nasabimizni, avlodimizni, zurriyotlarimizni bu kirliklardan xalos etish vaqti keldi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan mashhur hadisi sharifda Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: “Halok qiluvchi yetti narsadan saqlaninglar: Allohga shirk keltirish; sehr-jodu qilish; nohaq odam o‘ldirish; riboxo‘rlik; yetimning molini yeyish; jang maydonidan qochish; pokiza ayollarni zinoda tuhmat qilish”.
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, bu yerda sanalgan yettita gunohning barchasi jamiyatda turli shakllarda uchrab turadi.

Biz negadir shirk deganda faqat butlarga sig‘inish, Allohdan boshqa ilohlar bor deb tushunishni ko‘z oldimizga keltirishga o‘rganib qolganmiz. Ammo shirkning nihoyatda maxfiy, yashirin, ammo eng makkor, niqob ostidagi ko‘rinishlari ham borligini unutmasligimiz kerak. Sehr-jodu qilish bir qarashda xatari yo‘qdek ko‘rinadi, lekin zamirida shirk bo‘ladi. Bularni farqlashimiz, aytayotgan gapimizga, bajarayotgan ishimizga, hatto niyatlarimizga, o‘y-fikrlarimizga jiddiy e’tibor qilishimiz kerak. Bugun jamiyatda eng ko‘p tarqalgan, odamlar imoniga, ma’naviyatiga juda katta xatar solayotgan sehrga nisbatan aqiydamiz shunday: sehr bor narsa, u ta’sir qiladi, ammo dinimiz ta’limotiga ko‘ra, bu ish bilan shug‘ullanish ham, uni targ‘ib qilish ham mumkin emas!
Manba: Erk.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 182
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 103
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 215
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 336
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 169
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 291
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar