“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:27
ЎЗO‘Z

O‘zini o‘ldirgan qizning otasi o‘limga sababchi bo‘lganlarni dafn marosimiga taklif qildi

11 yanv, 17:03 7 671 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zini o‘ldirgan qizning otasi o‘limga sababchi bo‘lganlarni dafn marosimiga taklif qildi Bugungi kunda “bulling” tushunchasi ommalashib, tarmoqlarda ham keng tarqalmoqda. Bulling – bu birovlarning ustidan kulish, mazax qilish orqali ruhiy jarohat yetkazishdir. Bunday holatlar, ayniqsa o‘smirlik yoshida juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Avstraliyada bulling tufayli o‘z joniga qasd qilgan qizning ota-onasi, qizini mazax qilganlarni uning dafn marosimiga taklif qilishdi.

Joriy yilning 3 yanvar kuni 14 yoshli Emi o‘z joniga qasd qiladi. Buning sababi Emi internet tarmog‘ida bullingga uchragan. Emining otasi Tik Everett internet tarmog‘i orqali qiziga bosim uyushtirganlarni dafn marosimiga taklif qildi. Bu bilan Tik Everett “trollar” uning qizining hayotini zaharlab, oilasiga qanday kulfat keltirganini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Tik Everett o‘zining facebook tarmog‘idagi sahifasiga, “Agar, boshqalarning ustidan kulish evaziga hayotda o‘z o‘rnini topishga uringanlar buni hazil, deb tushunishgan bo‘lsa, ushbu xabarni o‘qisin va dafn marosimiga kelishsin. Marhamat qilib, bir oilaga qanchalik musibat keltirganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishsin”, deb yozgan.

Shuningdek, Emining otasi “hamma joyda va har doim” bulingga qarshi kurashishga chaqirgan.

Emi Everett shlyapa ishlab chiqaradigan Akubra kompaniyasining yuzi bo‘lgan. Qizcha ishlab yurgan vaqtida bir necha marotaba mazax qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 173
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar