“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:39
ЎЗO‘Z

8 ta "eng foydali" quruq meva...

04 yanv, 17:05 13 014 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
8 ta "eng foydali" quruq meva... Quruq mevada yangi uzilgan mevaning barcha foydali xususiyatlari saqlanib qoladi. Shu tariqa, bizda foydali moddalardan nafaqat yozda, balki yil bo‘yi ham bahramand bo‘lish imkoni bor.

Papayya shakarlangan mevasi (sukat) butun organizmni mustahkamlab, oqsillar almashinuvini tezlashtiradi.

Quritilgan xurmo (finik) ish qobiliyatimizni oshiradi, shuningdek, qo‘shimcha foydali moddalarga ega bo‘lgani tufayli, shamollash va bosh og‘rishida og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. B5, E, H kabi vitaminlarga juda boy bo‘lgan holda, xurmo qoqi immun tizimini mustahkamlaydi hamda qishni faol va xushchaqchaq tarzda o‘tkazishda yordam beradi.

Quritilgan nok ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, organizmdan toksinlar va og‘ir metallarni chiqarib tashlaydi.

O‘rik turshagi kaliyning tengsiz manbaidir; yurakka yaxshi ta’sir qiladi va onkologik kasalliklar profilaktikasi uchun ajoyib vosita hisoblanadi.

Quritilgan anjir qalqonsimon bez faoliyatini normallashtiradi, organizmdan parazitlar chiqib ketishiga ta’sir ko‘rsatadi. U saraton hujayralari rivojlanishining oldini oladi, terini vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlaydi.

Olxo‘ri qoqi — oshqozon-ichak yo‘li faoliyatini yaxshilashda ajoyib vositadir, u qabziyatdan xalos qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Shuningdek, gipertoniyadan azob chekadigan, yurak va jigar bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilar uchun ham ayni muddaodir. U revmatizmda ham qo‘l keladi, tarkibidagi A vitamini esa ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.

Mayiz yaxshigina antidepressantdir, shuningdek, qalqonsimon bez kasalliklarida yordam beradi.

Quritilgan olcha erkin radikallar harakatini neytrallashtiradi va shu tariqa, terini yoshartirish xususiyatiga ega.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 184
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 135
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 313
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 121
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 97
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 143
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar