“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:32
ЎЗO‘Z

Ostrogojskaya bilan til biriktirgan sobiq Moliya vaziri kim edi?

28 dek, 11:30 10 189 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ostrogojskaya bilan til biriktirgan sobiq Moliya vaziri kim edi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimini qattiq tanqid qilib, vazirni o‘zgartirishdan asosiy maqsad tizimni butkul isloh qilishdan iboratligi, rahbar o‘zgargani bilan, pastdagi “kalamushlar” hamon o‘z o‘rnida qolayotganini kuyunib gapirgan edi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Prezident Shavkat Mirziyoyev nazarda tutgan Moliya vaziri kim? Bu savol ko‘pchilikni qiynayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Ella Ostrogojskaya vazir bilan til biriktirib, Prezidentni aldab kelgani aytilmoqda. Ostrogojskaya qaysi vazir bilan til biriktirgan?

O‘tgan bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ikki rahbar almashdi.

2016 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Botir Xo‘jayev vazir etib tayinlangandi.

Rustam Azimov 2005-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, 2008 yil 22 noyabrdan 2016 yil dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari–Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari lavozimlari faoliyat yuritdi.

Moliya vazirligidan ketgan Rustam Azimov 2017 yilning iyun oyiga qadar Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishladi. Iyundan boshlab, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Bosh direktori etib tayinlandi.

Botir Xo‘jayevga kelsak, u hukumatdan ketgani yo‘q. Iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Galina Saidova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining o‘rinbosari kursisini egallashi munosabati bilan Botir Xo‘jayev Iqtisodiyot vaziri etib tayinlandi.

Botir Xo‘jayevning sal kam bir yillik rahbarligidan keyin uning o‘rniga Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Yuqoridagi o‘rtaga tashlangan savol jumboqligicha qolmoqda? Ella Ostrogojskaya bilan til biriktirgan Moliya vaziri kim edi? Prezident tanqid qilgan rahbar-chi? Balki, bu savollarga tez orada javob toparmiz...

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasidagi tanqiddan so‘ng, Moliya vazirligi tizimidan 562 kishi ishdan bo‘shatildi.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar