“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2021, 19:14
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonliklar yangi yil arafasida qatorasiga 5 kun dam olishi mumkin

14 dek, 10:06 13 514 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonliklar yangi yil arafasida qatorasiga 5 kun dam olishi mumkin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilda dam olish kunlarini tartibga solishga oid farmon imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev feysbukdagi sahifasida yozgan.
Farmonda Yangi yil bayrami arafasida 5 kun ketma-ket dam olish kuni belgilanishi mumkin.
Ya’ni, 2 yanvar kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi, 6 yanvardagi dam olish kuni esa 3 yanvarga ko‘chiriladi.

Shunda quyidagicha ketma-ket 5 dam olish kuni paydo bo‘ladi:
30-31 dekabr – shanba-yakshanba;
1 yanvar – Yangi yil bayrami;
2 yanvar – qo‘shimcha dam olish kuni;
3 yanvar – shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni.
O‘z navbatida, 6 yanvar, shanba kuni ish kuni deb, e’lon qilinadi.

Bu Farmon haftasiga rasman 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli bo‘ladi. Shanba kuni rasman ishlaydigan xodimlar uchun esa 3 kun ketma-ket, ya’ni 31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari dam olish bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur farmon bilan qolgan bayramlar arafasida ham qo‘shimcha dam olish kuni e’lon qilish yoki ish kunini ko‘chirish evaziga ana shunday ketma-ket dam olish kunlari tashkil qilish nazarda tutilmoqda. Xususan:
8 mart arafasida 4 kun;
9 may arafasida 5 kun;
1 sentyabr arafasida 4 kun dam olish kuni bo‘lishi mumkin.

Qurbon va Ramazon Hayiti bayramlarining kuni belgilanishiga qarab xuddi shu kabi ketma-ket dam olish kunlari e’lon qilinishi ham mumkin.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? 25 fev, 16:17
  • Yangi yil bayrami arafasida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi? 21 dek, 15:34
  • O‘zbekistonliklar iyun oyida necha kun dam olishadi? 31 мая, 10:32
  • Oʻzbekistonliklar Navroʻz bayrami munosabati bilan necha kun dam olishadi? 15 mar, 13:44
  • Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi? 07 fev, 19:50
  • Oʻzbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam oladi? 30 avg, 15:27
  • So'nggi yangiliklar
  • Mahalla institutini takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida 03 mar, 19:00 0
  • Prezidentning yangi farmoni: Ipoteka bo‘yicha 45 mingta uy-joylar quriladi 03 mar, 18:43 0
  • Viloyatlarda quriladigan uy-joylar soni va narxi ma’lum qilindi 03 mar, 18:28 0
  • Oliy ta’lim: Uchinchi Renessans poydevori yaratilmoqda 03 mar, 18:00 0
  • Behzod Musayev boshchiligida ijtimoiy sohadagi natijalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi 03 mar, 17:27 75
  • DXX «yerfurush»larni ushladi (video) 03 mar, 17:00 186
  • O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 500 so‘mdan pastladi 03 mar, 16:30 92
  • Yaqin yillarda suv ostida qoladigan shaharlar 03 mar, 15:51 654
  • Sanjayning «ishi» bo‘yicha sud xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi 03 mar, 15:23 402
  • Shahram va Shohjahon harakat qiladigan vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun kechadigan jang sanasi ma’lum bo‘ldi 03 mar, 14:54 371
  • Ramzan Qodirovning 30 yoshli qarindoshi Grozniy shahar meri lavozimiga tayinlandi 03 mar, 14:25 263
  • O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 80 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin 03 mar, 13:48 387
  • Bo‘limlar