“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:43
ЎЗO‘Z

Eurasia Mobile Challenge loyihasi doirasida Toshkentda “Acceleration Day” bo‘lib o‘tdi

26 okt, 16:43 7 347 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eurasia Mobile Challenge loyihasi doirasida  Toshkentda “Acceleration Day” bo‘lib o‘tdi Beeline mobil ilovalar halqaro tanlovining ko‘rsatmali tadbirini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 23 oktyabr juma kuni Wyndham mehmonxonasining Silk Road zalida Eurasia Mobile Challenge 2015 loyihasining mashq kuni – Acceleration Day bo‘lib o‘tdi, u erda respublikaning turli hududlaridan o‘nlab ishtirokchi guruhlarning yuzdan ziyod vakillari qatnashdilar.

Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov: “Dekabr oyida biz uch eng yaxshi guruhni tanlaymiz, ular 2016 yilning boshida Moskvada bo‘lib o‘tadigan hududiy finalda O‘zbekistonni namoyon etadilar. Keyin esa uch hududiy finalist boshqa hududiy komandalar bilan bellashish uchun 2016 yilning 22-26 fevral kunlari Barselona shahrida Halqaro mobil aloqa kongresi doirasida bo‘lib o‘tadigan Global Mobile Challenge tanloviga yo‘l oladilar”.

Trening chog‘ida ishtirokchilarga taqdim etilgan ma’lumot, vatanimizdagi mobil ilovalarni kashf etuvchilarning g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlariga ko‘mak beradi. Bu maqsadda Toshkentga lektor sifatida chet ellik venchur investori Maks Gurvis - CCC Startups fondi va Startup AddVenture loyihasining asoschisi taklif etildi. Voqeani sharhlar ekan, u quyidagilarni qayd etdi: “Faoliyatlarini endi boshlagan startaplar ko‘p hollarda bozor uchun qiziq bo‘lmagan g‘oyalarni qurib, u kim uchun kerakli ekanligi, uni qanday qilib ommabop qilishni yaxshi tushunmaydilar. Aqlli va iqtidorli yoshlar har bir erda bor, o‘ylaymanki Eurasia Mobile Challenge kabi tadbirlarning maqsadi – bu har bir mamlakatdagi eng yaxshi g‘oyalarga jahon maydonida halqaro e’tirofga ega bo‘lib keyingi bosqichga chiqish uchun imkon berish”.

Har bir ishtirokchining asosiy vazifasi – o‘z mamlakati uchun mobil echimni taqdim etish, keyin esa ushbu mohiyatni hay’atlarga taqdim etishdir. Ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish 30 oktyabr kuniga qadar www.eurasiamobilechallenge.com sayti orqali davom etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 71
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 488
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar