“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:33
ЎЗO‘Z

Immunitet nima sababdan kuchsizlanadi?

10 dek, 14:28 13 179 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Immunitet nima sababdan kuchsizlanadi? Noto‘g‘ri ovqatlanish – tomirdagi qon tarkibida antitanachalar (immunoglobulin) bo‘lib, ular organizmning himoya vositasi sanaladi. Oqsildan tarkib topgan mazkur antitanachalar me’yorda ishlab chiqarilishi uchun taomnomada go‘sht, tuxum, baliq, sut-qatiq, yong‘oq kabi mahsulotlar yetarlicha bo‘lishi kerak.

Surunkali stress – ruhiyatdagi salbiy o‘zgarishlar ta’siriga tushib qolgan organizmda turli gormonlar ishlab chiqarila boshlaydi. Bu esa har bir hujayra, to‘qimalarning biokimyoviy balansi o‘zgarishiga olib keladi. Ayrim turdagi gormonlar immun tizimini ishg‘ol qilib, virus va bakteriyalar uchun yo‘l ochib beradi. Olimlar fikricha, uzoq davom etgan stress davrida qondagi leykotsitlar miqdori keskin tushib ketishi oqibatida immun tizimi zaiflashib qoladi.

Surunkali uyqusizlik – aksariyat hollarda 8 soat uyqu me’yor hisoblanishini unutib qo‘yamiz. Bir-ikki kun ozroq uxlagan kishi o‘z-o‘zidan mazkur tartibga moslashgandek ko‘rinsa-da, 5 kun ketma-ket davom etgan uyqusizlik yoki yetarlicha uyquning bo‘lmasligi immun tizimida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Nome’yoriy holatlar – sovuqsirash, qizib ketish, ko‘p yeyish, tamaki va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kabilar immun tizimi yemiruvchilaridir.

Tashqi muhit – ishlab chiqarish korxonalari, maishiy sanoat, avtomobil tutuni ta’sirida havo ifloslanadi. Har kuni ifloslangan havodan nafas olish esa har qanday chiniqqan immunitetni ham ishdan chiqarishi hech gap emas. Organizmingizga foyda bo‘lishi uchun tabiat qo‘yniga dam olgani borib turing.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan 8 ta mahsulot 17 мая, 14:28 106
  • Quloq shang‘illashi yurak-qon tomir kasalliklari alomati bo‘lishi mumkin 16 мая, 20:08 93
  • D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari 16 мая, 10:12 112
  • Organizmda magniy mikroelementi tanqisligining 5 ta belgisi 15 мая, 23:34 141
  • Nima uchun ko‘ngil aynib, bosh aylanadi? 14 мая, 17:58 94
  • Yeydigan ovqatlarimiz, issiq choy saratonga sabab bo‘ladimi? 14 мая, 15:43 163
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar