“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:12
ЎЗO‘Z

Apple taxlama telefonini patentladi

29 noya, 16:26 5 156 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple taxlama telefonini patentladi Yangi patent arizasiga ko‘ra, Apple'ning navbatdagi innovatsiyasi kitob kabi ochib-yopiluvchi, moslashuvchan ekranli taxlama iPhone bo‘lishi mumkin.

Kompaniya taxlama iPhone bilan biryo‘la ikki maqsadni ko‘zlaydi - katta ekrandan foydalanish zavqidan mahrum qilmaslik va bunday katta o‘lchamli telefonning cho‘ntak yo sumkachaga sig‘masligidan tashvishlanmaslik. Uni qog‘oz kabi buklab joylash va kerak bo‘lganda qo‘ng‘iroqni amalga oshirish yoki pochtani tekshirish mumkin bo‘ladi.

Patent arizasida aytilishicha, mazkur texnologiya har qanday displeyli elektron qurilmaga nisbatan qo‘llanishi mumkin - u hoh portativ kompyuter yo smartfon, hoh qo‘l soati yoki boshqa elektron jihoz bo‘lsin.

Agar Apple bu patentni buklanuvchi ayfonni ishlab chiqarishda qo‘llashga qaror qilsa, kompaniya xuddi shu texnologiyani o‘zining boshqa mahsulotlarida qo‘llashi ham ehtimoldan xoli emas. Masalan, Mac kompyuterlari yoki Apple Watch aqlli soatlari, deb yozadi Fortune. Umuman olganda, patent olishning o‘ziyoq kompaniyaning haqiqatda ushbu texnologiyani amalda tadbiq qilish niyatida ekanidan dalolat beradi.

Ta’kidlash joizki, Apple moslashuvchan ekranli taxlama smartfonga qiziqish bildirayotgan yagona kompaniya emas. Samsung ham xuddi shu yo‘nalishda ish olib bormoqda. Yaqinda Janubiy Koreya gigantining 2018 yilda Galaxy X taxlama telefonini ishlab chiqarish rejalari tasdiqlangani haqida xabar berildi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 52
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 484
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar