“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:12
ЎЗO‘Z

Tramp Obamaning Putin bilan nima sababdan munosabat o‘rnata olmaganini tushuntirdi

12 noya, 16:56 5 182 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp Obamaning Putin bilan nima sababdan munosabat o‘rnata olmaganini tushuntirdi AQSh prezidenti Donald Tramp avvalgi prezident Barak Obamadan farqli ravishda, u va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida ajoyib munosabatlar o‘rnatilishi mumkinligini aytdi. Trampning aytishicha, Obama “kimyo”ga ega emasligi sababli buni uddalay olmagan.

“Fikrimcha, menda prezident Putin bilan ajoyib munosabatlar o‘rnatilishi mumkin va bu ikkala tomon uchun ham ajoyib bo‘ladi. Hillari bunga urinib ko‘rdi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda hech kim gapirmayapti... U ahmoqona “qayta yuklanish” tugmasini yaratdi va o‘zini kulguga qo‘ydi”, deb aytdi Tramp.

Tramp bunda sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Rossiya tashqi ishlar vaziriga “qayta yuklanish” ramziy tugmasini tuhfa qilganini nazarda tutgan. Unda ruscha “perezagruzka” so‘zi o‘rniga “peregruzka”, ya’ni “haddan ortiq yuklash” deb yozilgan bo‘lgan.

“Obama ham bu borada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Uddalay olmadi, chunki “kimyo” bo‘lmagan. Ular orasida to‘g‘ri “kimyo” bo‘lmagan. Bilasizmi? Men buni tushunaman, chunki menda ham ba’zi odamlar bilan “kimyo” yo‘q. Masalan, sizlardan ba’zilaringiz bilan”, deb yuzlangan Tramp OAV vakillariga.

“Obamada Putin bilan noto‘g‘ri “kimyo” bo‘lgan. Hillari haqida gapirmasa ham bo‘ladi, u buni umuman eplolmasdi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Tramp “kimyo” deganda kimyoda moddalarning bir-biri bilan reaksiyaga kirishish-kirishmasligini nazarda tutgan bo‘lishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar