“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 19:25
ЎЗO‘Z

Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan pullari kimga nasib etadi?

23 okt, 12:08 10 197 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan pullari kimga nasib etadi? Shveysariya Bosh prokuraturasida Gulnora Karimova ishi yuzasidan O‘zbekistonning murojaati o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edik. Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan 2012 yilda Gulnora Karimova va yana besh nafar shaxsga nisbatan korrupsion qonunbuzarlik aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Avvalroq, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha rasmiy to‘liq ma’lumotni e’lon qilgan edi. Tergov materiallari bo‘yicha hozirda 12 ta xorijiy mamlakatlar hududida Gulnora Karimova ishtirokidagi uyushgan jinoiy guruhning 1 mlrd 394,1 mln AQSh dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi legallashtirilgan mablag‘lari aniqlangan.

AQSh va Niderlandiya Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan 784 million dollari, ya’ni 800 million Shveysariya frankining katta qismiga egalik qilishi mumkin. Xabarlarga qaraganda, Bernda shu haftada Gulnora Karimovaning jinoiy ishi bilan shug‘ullanayotgan Bosh prokuratura ishtirokida yashirin muhokamalar boshlangan.

Ta’kidlanishicha, AQSh muzlatilgan puldan 550 million dollar miqdorda mablag‘ talab qilmoqda. Sababi jinoiy guruh moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish vaqtida Amerika banklari xizmatidan foydalangan. Gollandiya talab qilayotgan mablag‘ qiymati hozircha oshkor etilmayapti.

Ma’lumotlarda keltirilishicha, muzlatilgan pullar turli telekommunikatsiya kompaniyalaridan pora sifatida qo‘lga kiritilgan. Shveysariya bu pullarni ezgu maqsadlar uchun sarflashni mo‘ljallamoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 246
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Bo‘limlar