“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 20:48
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Messi, Raul va Xavi ishlaydigan futbol akademiyasi ochiladi

18 okt, 22:08 4 709 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Messi, Raul va Xavi ishlaydigan futbol akademiyasi ochiladi Bugun, 18 oktyabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar amirlik oilasining eng nufuzli vakillaridan biri, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al-Soniyning akasi, bugungi kunda Qatar amirining diplomatik masalalar va sportni rivojlantirish bo‘yicha bosh maslahatchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Shayx Jassim bin Hamad bin Xalifa Al-Soniy bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FF Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar haqida o‘zaro fikr almashdilar.

Umid Ahmadjonov Shayx Jassim bilan O‘zbekistonda zamonaviy talablarga javob beradigan bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining vakolatxonasini ochish masalasini muhokama qilib, O‘FF bu borada Qatar bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Gap Dohadagi “Aspire” sport akademiyasi haqida bo‘lib, bu inshootga 2004 yilda Qatar amirining farmoni bilan asos solingan. Akademiyaning bosh maqsadi — Qatar sportining kelajagi uchun yosh iqtidorlarni izlash, ularni akademiyaga olib kelib, shu yerning o‘zida ta’lim berish va katta sportchi qilib tarbiyalashdan iborat.

Akademiyaning “Iqtidorlarni izlash dasturi” mavjud bo‘lib, bu borada ular Qatar olimpiya qo‘mitasi va Qatar davlatining oliy ta’lim kengashi bilan yaqindan hamkorlik qilishadi.

Dastur Qatar davlatidagi maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli bolalarni izlab topib, ularga sport bo‘yicha grant dasturlarida ishtirok etishni taklif etadi.

Akademiyaga dunyoning eng kuchli menejerlari, murabbiylari va ekspertlari jalb qilingan. Futbol ta’limining standartlari bo‘yicha “Aspire” dunyoning eng yaxshi akademiyalaridan biri sanaladi.

Jahon futbolining afsonalari Pele, Messi, Raul va Xavi kabilar akademiyaning xalqaro arenalardagi elchisi sifatida faoliyat yuritadi.

“Shayx Jassim janoblari bilan suhbatda biz “Aspire” akademiyasining vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Menda ushbu akademiya juda katta tassurot qoldirdi. Shayx janoblari bilan bu borada yakuniy kelishuvga erishganimizdan xursandman”, deydi Umid Ahmadjonov.

Shayx Jassim 2004 yildan beri dunyoga mashhur va dong‘i ketgan “Aspire” akademiyasiga rahbarlik qilib keladi. Shu bilan bir vaqtda u 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning vitse-prezidenti ham hisoblanadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Shayx Jassim bin Hamad bin Xalifa Al-Soniy Qatar futbolining bugungi muvaffaqiyatlarining boshida turgan katta namoyandalardan biri hisoblanadi.

U 1850 yildan beri Qatarni boshqarib kelayotgan Al-Soniylar amirlik oilasining ishongan vakili sifatida hukumat rahbarlari va shu kabi boshqa nufuzli mehmonlar bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, u Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al-Soniyning akasi hisoblanib, Qatar amirligining sobiq valiahdidir. Shu sababli ham Shayx Jassim Qatar amirining nomidan ish yuritadigan davlat namoyandasi sanaladi.

Umid Ahmadjonovning Shayx Jassim bilan uchrashuvi O‘FF prezidentining Qatarga rasmiy tashrifi doirasida amalga oshirilayapti. Tashrif doirasida O‘FF prezidenti Shayx Jassim rahbarlik qiladigan “Aspire” akademiyasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishgandi.

Umid Ahmadjonov, shuningdek, “Aspetar” sport tibbiyoti markazi va Qatar futbol uyushmalarida ham bo‘lib, tashkilotlarning bugungi kundagi faoliyatini ko‘zdan kechirib, Qatar futbol federatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimida ishtirok etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 14 noyabr kuni BAA terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar bergandik.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Umid Ahmadjonov Dohada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi 20 мая, 11:53
  • Umid Ahmadjonov Qatar va Gollandiya bilan muzokara o‘tkazadi 18 мая, 10:32
  • Umid Ahmadjonov Dubayda AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi 04 мая, 23:20
  • Umid Ahmadjonov CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston futbol assotsiatsiyalari) prezidenti etib saylandi 24 fev, 14:01
  • O‘FF QFU bilan memorandum imzoladi yoxud Qatar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga kelishib olindi 18 okt, 00:09
  • O‘FFning yangi prezidenti Qatarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda 17 okt, 00:12
  • So'nggi yangiliklar
  • Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas 24 okt, 20:00 0
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 103
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 214
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 191
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 197
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 264
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 236
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Rossiyadan Italiyaga borgan futbolchilar ortga qaytadi! Shomurodovchi? 24 okt, 13:08 475
  • Bo‘limlar