“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 10:14
ЎЗO‘Z

Futzal. O‘zbekiston OCh saralashini g‘alaba bilan boshladi

15 okt, 21:41 4 460 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Futzal. O‘zbekiston OCh saralashini g‘alaba bilan boshladi Eronning Tabriz shahrida bugun, 15 oktyabr kuni futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlari start oldi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi “A” guruhidan joy olgan O‘zbekiston termasi bugun OCh saralashidagi ishtirokini Nepalga qarshi o‘tkazdi.

O‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan Bahodir Ahmedov shogirdlari yakunda 14:1 hisobida zafar quchib, saralashni yirik g‘alaba bilan boshladi.

Futzal bo‘yicha OCh saralashi
“A” guruhi, 1-tur
15 oktyabr, yakshanba

O‘zbekiston – Nepal 14:1

Gollar:
Dilshod Rahmatov (1, 8, 22), Farhod Abdumavlonov (2), Davron Choriyev (3, 24), Davron Abdurahmonov (5), Artur Yunusov (13, 13), Anasxon Rahmatov (26), Husniddin Nishonov (33), Saurab Magar (35 – avtogol) Dilmurod Shavkatov (39, 39) – Suraj Raut (22)

O‘zbekiston
(birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiyev, Dilmurod Shavkatov, Davron Abdurahmonov, Akmal Harzatqulov, Husniddin Nishonov.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi turni ertaga, 16 oktyabr kuni Turkmaniston futzalchilariga qarshi o‘tkazadi. Quyida qolgan o‘yinlar anonsi bilan tanishing:

16 oktyabr, dushanba
15:30 Nepal – Qirg‘iziston
18:00 Turkmaniston – O‘ZBEKISTON

17 oktyabr, seshanba
15:30 O‘ZBEKISTON – Qirg‘iziston
18:00 Turkmaniston – Nepal

Izoh: Uchrashuvlar soati Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Ma’lumot uchun, guruhda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Qit’a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzalchilarimiz OCh-2020 saralash o‘yinini guruhda 1-o‘rin bilan yakunladi 28 okt, 08:30
  • Futzal. OCh-2018. O‘zbekiston yarim finalda 08 fev, 17:48
  • Futzal. O‘zbekiston Tojikistonni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi 03 fev, 16:46
  • Futzal, OCH. O‘zbekiston Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etdi 01 fev, 15:53
  • Futzal. O‘zbekiston termasi qatorasiga uchinchi o‘yinda zafar quchib, guruhni 1-o‘rinda tugatdi 18 okt, 00:13
  • «Ashxobod-2017». O‘zbekiston terma jamoasi kumush medallarga sazovor bo‘ldi 26 sen, 22:47
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozonda o‘quvchini qutqarishga uringan yosh o‘qituvchi halok bo‘lgan 12 мая, 10:00 0
  • Toshkentda homilador ayolni sarson qilgan tibbiyot xodimlari vazifasidan ozod etildi 12 мая, 09:26 117
  • Chempionlar ligasining finali qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi 12 мая, 09:00 209
  • O‘zbekistonda aprel oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab qanday o‘zgardi? 12 мая, 08:30 39
  • Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi 12 мая, 08:00 119
  • Isroil zarbasidan keyin G‘azo sektoridagi 13 qavatli bino qulab tushdi 12 мая, 05:20 722
  • Marg‘ilonda sotilayotgan ellik dollarlik pullar suvenir bo‘lib chiqdi 12 мая, 00:20 1 030
  • Olimlar Quyosh tizimida yangi subneptun sayyorani aniqladi 11 мая, 23:53 1 007
  • G‘azo sektori va Isroil bir-biriga yuzlab raketalar bilan zarba berdi 11 мая, 23:34 1 439
  • Britaniyada AstraZeneca’ga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi 11 мая, 23:18 1 114
  • Miya qarishini sekinlashtirishning yetti usuli ma’lum qilindi 11 мая, 21:53 1 372
  • "So‘g‘diyona" "Andijon"ni yirik hisobda taslim qildi 11 мая, 21:28 1 121
  • Bo‘limlar