“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:34
ЎЗO‘Z

Chilim inson hayotiga qanday xavf soladi?

08 okt, 00:48 12 546 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chilim inson hayotiga qanday xavf soladi? Chilim — moslashuvchan naychaga ega chekish qurilmasi. Unda tamaki tutuni suyuqlik orqali o‘tadi va shu tariqa o‘pkaga "yo‘l oladi". Chilimda odatda xushbo‘y tamaki va barglarni yoquvchi ko‘mirdan foydalaniladi. Aslida aynan nimani chekishning ahamiyati yo‘q, zero chekishning har qanday ko‘rinishi - zararli. "Layfxaker" chilim chekishning xavfiga doir ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Chilimda nikotin bor

Sigaret chekishga bir necha daqiqa sarflansa, chilimdan bunday tez qutulib bo‘lmaydi. Har kuni bir marta chilim chekish (bu taxminan 20-80 daqiqa degani) - kuniga 10 tadan sigaret chekishga teng, organizmda xuddi shuncha nikotin qoladi.

Sigaretdagi nikotinni hisoblash imkoni mavjud bo‘lsa, chilimda bu qiyinroq, chunki bir chilimdagi tamaki miqdori va chekish vaqti bir xil emas, chilimlarning o‘zi ham muayyan standartga ega emas.

Bir sigaret chekish - bu taxminan 12-15 marta tamaki tortish, bir soat chilim chekish esa - taxminan 200 marta. Chilim chekish vaqtida necha marta tamaki tortilsa, o‘pkada shuncha sigaret bo‘ladi.

Tarkibida nikotin borligi tufayli chilim chekishni tashlashga yordam bermaydi: tobe’ligi bo‘lgan kishilar o‘z dozasiga ega bo‘ladi, tobe’ligi bo‘lmaganlar esa nikotinga moyillikni his qila boshlashadi.

Chilimdan ko‘proq tutun tortiladi

Nikotin chilimdagi yagona zararli modda emas. Uning tutuni sog‘liq uchun zararli boshqa moddalarga ham ega. Masalan, ko‘mir yoqilganda hosil bo‘luvchi uglerod oksidi, metallar, formaldegid, atsetaldegid, benzol - 27dan ortiq kanserogen modda.

Tutun uni tozalashi kerak bo‘lgan suv orqali o‘tadi. Suv bug‘i tufayli ham chilim tutunlaridagi ko‘plab xavfli moddalar konsentratsiyasi sigaret tutunidan kamroqdek tuyuladi, shunday bo‘lsa-da, ular mavjud. Suv - sanoat filtri emas, yot moddalar organizmda qoladi va o‘pkaga o‘tadi. Xuddi o‘sha nikotin 5 foizdan kamroq filtrlanadi, tutun ko‘lami ham ma’lum bir rol o‘ynaydi.

Bir chilim chekish natijasida o‘pkadan 90 000 ml tutun o‘tadi, sigaretadan esa - 500-600 ml.

Darvoqe, bu tutun nofaol chekuvchilar va umuman chekmaydiganlar uchun ham xavfli. Chilim chekayotganlarning yonida shunchaki o‘tirish uni biroz chekkanlik darajasiga teng.

Ba’zi tadqiqotlar chilimning sigaretdan xavfsizroq ekanini ko‘rsatsa-da, bu ularning salomatlikka tahdid solmasligini bildirmaydi. Bu masalada tadqiqotchilar fikri farqlanadi. Qanday bo‘lmasin, bir necha yil davomida chilim chekish kuchli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Chilim turli kasalliklarni keltirib chiqaradi

Chilim tutuni uzoq istiqbolda organizmga salbiy ta’sir qilishi aniq. U qator kasalliklarni keltirib chiqaradi:

Yurak va qon-tomir kasalliklari. Aynan shu kasallik natijasida hayotdan ko‘z yumuvchilar soni ko‘proq. Chilim chekish qon tomirlarini toraytiradi, buning natijasida qon bosimi oshadi, yurak sohasiga qon yetib kelmaydi, ya’ni gipertoniya va yurakning ishemik kasalligi kelib chiqadi.

Saraton. Chilim chekish o‘pka, og‘iz bo‘shlig‘i, oshqozon va hatto peshob pufagi saratoni xavfini oshiradi.

Infeksiyalar. Chilim tortiladigan naychalarda viruslar, bakteriyalar va qo‘ziqorin infeksiyalari yashiringan bo‘ladi. Chekuvchi chilimni tortayotganda esa bug‘ ularni "ilib olib", to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘iz, bronxlar va o‘pkaga yetkazadi, hatto bir martalik naychalardan foydalanilsa ham. Bundan tashqari, yuqori nafas yo‘llarining boshqa infeksiyalarga qarshilik qilish xususiyati zaiflashadi.

Tug‘ilajak chaqaloqlar uchun asorati. Homilador ayollarning chilim chekishi mumkin emas, chunki chekuvchi ayollarning farzandlari zaifroq tug‘iladi va vazni yengilroq bo‘ladi.

Nikotinsiz chilimlar ham xavfli

Chilim aralashmasida hatto nikotin bo‘lmagan taqdirda ham, tutun bor. Tutun bo‘lmasa, elektron sigaretlardagidek bug‘ bor. Qisqasini aytganda, vaziyat shunday: bu borada tadqiqotlar hali kam bo‘lsa-da, chekishning bu turi ham xavfli ekani aniq.

Bularning bari nimani anglatadi? Sog‘lig‘ingiz siz uchun aziz bo‘lsa, chilim chekishni bas qilish yoki hech bo‘lmaganda, buni kamaytirish kerak bo‘ladi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 307
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 120
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 97
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 249
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar