“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 08:37
ЎЗO‘Z

Ertaga Senat xalqaro mehnat standartlari masalasini ko‘rib chiqadi

03 okt, 13:08 5 405 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ertaga Senat xalqaro mehnat standartlari masalasini ko‘rib chiqadi Kecha, 2 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tib, unga Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchilik qildi.

Kengash yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisini 4 oktyabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi, deb yozadi Qalampir.uz.

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2017 yil 5 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunning qabul qilinishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Mazkur hujjat 28 sentyabr kuni parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan edi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5–6 sentyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini (“Yo‘l xaritasi”ni) ijro etish maqsadida Davlat chegaralari to‘g‘risidagi Shartnoma ishlab chiqilgan edi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • 15 ta yangi qonun ma’qullangan Senat yalpi majlisi qanday o‘tdi? 25 avg, 12:20
  • Senatning yalpi majlisi 13 dekabrda bo‘lib o‘tadi 05 dek, 21:58
  • Senatning 29 martdagi yalpi majlisida 8 ta qonun ko‘rib chiqiladi 22 mar, 22:43
  • Oliy Majlis Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 13 dekabr kuni chaqiriladi 12 dek, 14:02
  • Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifiga binoan Prezidentlik vakolatlari vaqtincha Shavkat Mirziyoyevga yuklatildi 08 sen, 23:34
  • Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 3 dekabr kuni chaqiriladi 20 noya, 10:53
  • So'nggi yangiliklar
  • BAAda avtomobil raqami 10 mln dollardan qimmatroqqa sotildi 06 мая, 08:00 1
  • Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun 06 мая, 04:22 483
  • Zidan: "Chelsi" munosib g‘alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman" 06 мая, 04:11 425
  • ECHL. "Chelsi"ga "Real"ning kuchi yetmadi — bizni inglizcha final kutmoqda 06 мая, 02:40 707
  • O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilinganidan so‘ng qariyb ikki baravar oshdi 06 мая, 00:16 1 444
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikka chek qo‘yishdi 05 мая, 23:55 744
  • Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni qabul qildi 05 мая, 23:30 886
  • Bojxonachilar 550 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini to‘xtatib qolishdi 05 мая, 23:03 813
  • Haydovchilar uch xil hujjatni ko‘rsatish majburiyatidan ozod bo‘ladi 05 мая, 22:44 1 560
  • Qing‘ir reja amalga oshmadi 05 мая, 22:22 1 056
  • Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi 05 мая, 21:52 1 566
  • Fransiyada er ko‘chaning o‘rtasida xotinini tiriklayin yoqib yubordi 05 мая, 21:33 1 838
  • Bo‘limlar