“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:21
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Patriarx Kirillni qabul qildi (video)

30 sen, 14:35 5 280 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Patriarx Kirillni qabul qildi (video) Davlatimiz rahbari yuqori martabali mehmonni qutlar ekan, Rus pravoslav cherkovi rahbarining O‘zbekistonga tashrifi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va do‘stona aloqalarni mustahkamlashda muhim voqea ekanini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi yuqori va oliy darajadagi faol muloqot barcha sohalardagi amaliy hamkorlikka jadal sur’at bag‘ishlagani va ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani alohida ta’kidlandi.

Patriarx Kirillning tashrifi mamlakatlarimizda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishiga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat, 16 konfessiya vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Ularning o‘z madaniyati, an’ana va urf-odatlarini rivojlantirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Mamlakatimizda 138 milliy madaniy markaz faoliyat yuritmoqda, Toshkentda Do‘stlik uyi va bog‘i barpo etilgan. Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilgan.

Yoshlar o‘rtasida diniy ta’lim va ma’rifat ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Toshkent islom universiteti va instituti, 9 madrasa, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat yuritmoqda. Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi va Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashish maqsadida "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani qayd etildi.

Uchrashuv chog‘ida konfessiyalararo muloqotni yanada mustahkamlash, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, ekstremizm, terrorizm va radikalizm kabi global xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida yosh avlodga ta’lim va ma’naviy-ahloqiy tarbiya berish masalalari muhokama qilindi.

Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill millatlararo va fuqarolararo tinchlik va totuvlik, turli din vakillari o‘rtasida do‘stlik va mehr-oqibatni ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgn siyosatga hamda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berdi.

O‘zbekistonda Rus pravoslav cherkovi faoliyatiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ko‘mak, pravoslav diniga e’tiqod qiluvchilarning to‘laqonli ma’naviy hayoti yo‘lida yaratilgan sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirildi.

Patriarx Kirill Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul hamda O‘zbekistonga tashrif mazmunli va tadbirlarga boy dastur asosida tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Rus pravoslav cherkovi O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini mustahkamlashda bundan buyon ham faol ishtirok etish, ma’naviy qadriyatlarni boyitish, xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga ko‘maklashishga tayyor ekani qayd etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 49
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 241
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 275
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar