2017 yil 25 sentyabr kuni soat 08:00larda, Chilonzor tumani, “Bunyodkor” ko‘chasida joylashgan “Oq tulpor” restorani qarshisida, haydovchi 1992 y.t. “Lasetti” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda, 1981 yilda tug‘ilgan ayol, yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.