“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:13
ЎЗO‘Z

Erkaklik quvvatining sustlashishi asabdanmi?...

26 sen, 23:30 13 805 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erkaklik quvvatining sustlashishi asabdanmi?... Erkaklik qobiliyati yoshga bog‘liq tushuncha ekanligi ko‘pchilika ma’lum. Yigirma yoshli yigitchaning ehtirosi tezda olovlanib ketadi. O‘ttizga borgach, u o‘zini biroz bosib oladi, jinsiy hayoti ham bir maromga tushadi. Qirq yoshdan oshgach erkak quvvatga to‘lgan va «bu soha»da «malaka»si yetarli bo‘ladi. Ellik yoshdan oshgach, tabiat qonunlari bo‘yicha, organizm yoshga doir o‘zgarishlarni boshdan kechiradi. Endi hujayralar yangilanishi yoshlikdagidek tez yuz bermaydi, jinsiy gormonlar ishlab chiqilishi sustlashadi. Shunga qaramay, jinsiy moyillik kuchli bo‘ladi, shunchaki, endi bu jarayon ko‘proq quvvat talab qiladi, xolos. Biroq erkaklik quvvati sustlanishi tabiat qonunlariga mos davrdan ertaroq boshlanib, gohida bepushtlikka ham sabab bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, buning sababi nima?

Mutaxassis – androlog-seksopatolog Dilmurod ERGAShEV.

Gap shundaki, erlik quvvati to‘g‘ridan-to‘g‘ri testosteron gormoni bilan bog‘liq. Bu gormon erkakka xos bo‘lgan barcha alomatlarni rivojlantiradi, uning jinsiy faoliyatini belgilaydi. O‘g‘il bola balog‘at yoshiga yetgach, testosteronning ishlab chiqilishi ortib boradi. U 25-30 yoshgacha faollik bilan ishlaydi. Keyin esa u «bosiqlik» bilan ishini davom ettiradi. Umuman olganda, erkaklik quvvati faqatgina yoshga bog‘liq emas. Bunda organizm ahvoli ham kattagina rol o‘ynaydi. Sog‘lom organizmda barcha tizimlar bir maromda faoliyat yuritadi. Shuning uchun erkaklik quvvatini belgilashda, shifokorlar odamning biologik yoshiga ko‘ra baholashadi.

Ruhiy o‘zgarishlar ham sababmi?
Ba’zan erkaklik qobiliyatining sustligi yoshlarda ham uchraydi. Ko‘pincha buning sababi faqatgina jinsiy a’zoda deb o‘ylashadi. Aslida esa muammo juda murakkab. Bu holat tibbiyotda erektil disfunksiya deyiladi. To‘g‘ri, bu xastalik emas, u organizmdagi bir qator kasalliklar oqibati. Erkaklik quvvatiga turli holat va vaziyatlar ta’sir ko‘rsatadi: gormonal faoliyatning izdan chiqishi, qon aylanishining buzilishi, asab tizimidagi salbiy o‘zgarishlar, ruhan ta’sir qiladigan muammolar va h.k. Odatda, 40 yoshgacha bo‘lganlarda erkaklik quvvati buzilishining sababi aynan uning ruhiy holatida bo‘ladi. Keyingi o‘ringa qon tomirlardagi muammoni qo‘yish mumkin.

Kuchli jins vakillarining «dushmani»

Birinchi o‘rinda — palapartish jinsiy hayot. Ayniqsa, 30 yoshdan so‘ng.

Ikkinchisi – jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyali xastaliklar, ayniqsa, takrorlanadigani. Hozirgi zamonaviy davolash usullari bunday xastaliklarni tezda bartaraf etsa-da, ular jinsiy qobiliyatga o‘z ta’sirini o‘tkazib ulguradi.

Uchinchisi — erkaklar jinsiy kasalliklarini oxirigacha yoki to‘g‘ri davolamaslik. Masalan, uretrit, prostatit, vezikulit, orxoepididimit, orxit va h.k.

Bulardan tashqari quyidagi omillar ham erkaklik qobiliyatni sustlashtiruvchi xavf deb hisoblaniladi:

«Hali yoshman-ku!»
Yosh yigitlarda kuzatilayotgan erektil disfunksiyaning sababi sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakatning kamligi, asabiylashishdir. Shuningdek, yana bir muammo borki, yosh yigitlarimizning eng gullagan davrida erkaklik quvvatidan mahrum qiladi. Bu — sharmsiz kino va jurnallarni tomosha qilish. Uylanmagan yigitlar ehtirosini jumbushga keltiradigan bu omil qoniqish hissini bermaydi. Shu sabab keyinchalik uning jinsiy hayotida muammolarni keltirib chiqaradi.

Endi nima qilamiz?
Tongda yugurishni odatga aylantiring. Har kungi badantarbiya, kontrast dush, me’yorda foydali taomlar, vitaminlar – sizning xaloskoringiz. Alkogol, tamaki, giyohvandlik moddalari, yog‘li ovqatlar, kamharkatlilik «erkaklik»dan uzoqlashtiruvchi omillardir.

Ba’zan erta yuz bergan impotensiya kasb bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: me’yorlashtirilmagan ish kuni, zax yoki haddan tashqari issiq, shuningdek, tebranish (vibratsiya) ko‘p bo‘lgan joylarda ishlash erkaklik qobiliyatining sustlashishiga olib kelishi mumkin.

Birini davolab, ikkinchisiga yo‘liqish
Ba’zi dorilarni doimiy tarzda uzoq muddat ichish ham jinsiy qobiliyatga ta’sir etishi mumkin. Bunday dorilarga neyroleptiklar (asab va ruhiy xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi), gipotenziv (qon bosimini tushiruvchi) va sedativ (tinchlantiruvchi) vositalar, shu jumladan, antidepressantlar, trankvilizatorlar, antigistaminlar, xuruj (tutqanoq) va qayt qilishga qarshi va h.k. dorilarni misol qilish mumkin. Ammo ular tufayli kelib chiqqan erektil disfunksiya vaqtinchalik bo‘lib, dorilarni qabul qilish to‘xtatilgach, erkaklik qobiliyati tiklanadi.

Ruhiyat — nozik masala
Nafaqt kuchli stresslar, balki siqilish, muammo yechimini topa olmaslik, ishdagi ko‘ngilsizliklar, o‘qishdagi zo‘riqishlar, oiladagi kelishmovchiliklar, pulsizlik ham jinsiy hayotga soya tashlaydi.

Bunday vaziyatlardan himoyalanishning eng samarali usuli – jinsiy aloqadagi omadsizliklarga e’tibor bermaslik. Ruhan o‘zingizga kelib olganingizdan so‘ng bu muammolar o‘z-o‘zidan barham topadi.

Ammo shuni unutmaslik lozimki, ba’zi ruhiyatga ta’sir etuvchi vaziyatlarda odamga malakali yordam kerak bo‘ladi. Shuning uchun psixolog yoki seksopatologga murojaat etish kerak.

Vazifamiz — ogohlantirish
Har bir erkak kishi 40 yoshdan keyin, hatto o‘zida hech bir muammoni sezmasa ham, mutaxassis ko‘rigidan o‘tishi kerak. Mana shunday ko‘riklarda ko‘pincha endi kurtak ochayotgan xastaliklar va kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolar oldi olinadi.

Raqamlarga murojaat etsak
> Erektil disfunksiya kuzatilgan 10ta erakadan 9 nafari bu dardga ruhiy sabab (ular stress, ziddiyatlar, depressiv holatlar) tufayli uchragan bo‘ladi.

> Jinsiy aloqalarning 25 foizi omadsiz yakunlangan bo‘lsa, demak, ereksiya disfunksiyasi to‘g‘risida gaplashish mumkin.

> 30 foiz 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan erkaklar vaqti-vaqti bilan impotensiyaning u yoki bu alomatlariga duch kelishi mumkin.

Davosi qanday?
Bu holatni davolash uni keltirib chiqqan sababni davolashdan boshlanadi. Masalan, gormonal o‘zgarishlar bo‘lsa, gormonal fonni me’yorlashtiruvchi, asab tizimi pand bergan bo‘lsa, nerv tolalarini davolashga to‘g‘ri keladi.

To‘g‘ri, ereksiyani preparatlar bilan ham davolash mumkin. Ammo ularni, albatta, mutaxassis tavsiya etishi lozim. Negaki, bunday dorilar yurak-qon tizimi kasalliklari bilan og‘rigan kishilarga taqiqlanadi.

O‘zingizni ehtiyot qiling, aziz erkaklar. O‘z vaqtida salomatligingizni tiklang va muammolarsiz yashang.

Kamol YO‘LCHIYEV tayyorladi

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 178
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 62
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 198
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 152
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 321
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar