“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:33
ЎЗO‘Z

Olimlar: sekin odimlash salomatlik yomonligidan dalolatdir

07 sen, 09:40 7 434 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar: sekin odimlash salomatlik yomonligidan dalolatdir Ohista yuradigan o‘rta yashar kishilarning yurak kasalliklariga chalinish xavfi yuqoridir. Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida Buyuk Britaniyadagi Lester universiteti olimlari yuqoridagi xulosaga keldi.

Buning uchun Birlashgan Qirollikda yashovchi yarim millionga yaqin aholining 2006 va 2010 yillar oralig‘idagi salomatligi va jismoniy faolligi o‘rganildi. Keyinroq, yurak-qon tomir kasalliklari yoki saraton tashxisi qo‘yilgan kishilar ro‘yxatdan chiqarilib, 420 ming kishi olib qolindi.

So‘ngra davom etgan olti yildan oshiq tekshiruv mobaynida 8,6 mingga yaqin kishi dunyodan o‘tdi. Ularning 1,6 mingi yurak-qon tomir kasalligidan ko‘z yumgan bo‘lsa, 4,8 ming odamni saraton olib ketdi.

Tadqiqot davomida sekin yurish yoki tez sur’atda yurishning erta o‘lim (yurak kasalligi yoki saratondan) xavfiga bog‘liqligi tadqiq qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, odatda sekin yuruvchilar tez yuruvchilarga qaraganda ikki marta tez dunyodan ko‘z yumgan. Bu xulosa erkagu ayol uchun birday bo‘lib, insonning chekishi, tana vazni va parhezi kabi omillarga bog‘liq emas.

Shunday qilib, zamonamiz olimlari tez harakatlanish va tayinli maqsadga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar kishining umrini uzaytirishda ahamiyatli ekanini yana bir marta ta’kidlamoqda.

Demak, sekin yursang – uzoqqa borasan maqolini o‘zgartirish vaqti ham keldi.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 303
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 120
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 97
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 249
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar