“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:51
ЎЗO‘Z

MTRKda an’anaviy tarzda rahbar o‘zgarishi: Alisher Xo‘jayev o‘z lavozimiga qaytdi

30 avg, 22:18 7 696 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MTRKda an’anaviy tarzda rahbar o‘zgarishi: Alisher Xo‘jayev o‘z lavozimiga qaytdi 30 avgust kuni O‘zbekiston MTRK raisligiga mazkur dargohda 12 yil davomida rahbarlik qilgan Alisher Jo‘raqulovich Xo‘jayev rais etib tayinlandi.

Avvalroq, Alisher Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Bobur Alixonov lavozimidan olingani haqida xabar bergan edik.

Alisher Xo‘jayev 29 avgust kuni lavozimdan olingan Bobur Alixonov o‘rnini egalladi.

Ma’lumot uchun, Alisher Xo‘jayev 1963 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1985 yili Samarqand davlat universitetini fizika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2001–2002 yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2002–2005 yillarda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2005 yilning 15 aprelidan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga rais etib tayinlangan edi.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 0
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar