“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 00:27
ЎЗO‘Z

Sarimsoqpiyoz beklar uchun foydali

20 avg, 13:23 9 828 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sarimsoqpiyoz beklar uchun foydali O‘simliklardan qay birini olmaylik, barida inson salomatligini tiklash uchun kerakli birikmalar, vitamin va minerallar bisyor. Ko‘pchilik o‘tkir hidi uchun xushlamaydigan, ammo kerak paytda darrov murojaat qiladigan sarimsoqpiyoz ham foydali moddalar xazinasi hisoblanadi. Sarimsoqpiyozning qay kasalliklarda davo bo‘lishi, qaysi holatlarda esa zarar qilishi haqida Namangan shahar «Xalq tabobati markazi» tabibi, shifokor-terapevt Abduhalil BANNAEV ma’lumot beradi.

Hamma uchun birdek foydali!
Sarimsoqpiyoz erkaklar jinsiy salomatligi uchun juda asqotadi. Uning iste’moli erkak qonidagi testosteron darajasi doim yuqori bo‘lishiga xizmat qiladi. Tarkibidagi selen esa erlik urug‘ining ko‘payishiga yordam beradi.

Sarimsoqpiyozning sport bilan shug‘ullangan paytda yordami beqiyos. Chunki u qorin, bel sohasidagi yog‘ qatlamini tezroq yo‘qotib, mushaklarni kuchaytiradi.

Tarkibida biologik faol moddalari ko‘pligi bois, sarimsoqpiyoz saraton hujayralarini yo‘qotish kuchiga ega. Shu bois, bachadondagi har xil shish, o‘simta, polip, kista, eroziyalarning xafvli o‘smalarga aylanib ketmasligi uchun ayollarimiz ham ushbu o‘simlikni taomnomalariga doim qo‘shishlari kerak. Kaliy, kalsiy va foliy kislotasiga nihoyatda boy bo‘lgani uchun homiladorlikning ilk pallasida yangi chiqqan sarimsoqpiyozni ko‘proq eyish tavsiya etiladi. Kalsiyga boyligi esa 50 dan keyin ayollarda ko‘p kuzatiladigan osteoartroz, osteoporozning oldini oladi.

Sarimsoqpiyozning o‘tkir hididan cho‘chisangiz, dorixonada sotiladigan tayyor sarimsoqpiyozli kapsulalardan foydalaning. Yoki sarimsoq egandan keyin ortidan bir piyola sut ichsangiz, hididan xalos bo‘lasiz.

Gijjaga qarshi
Sarimsoqpiyozni mayda to‘g‘rab, hididan nafas olganingizning o‘zidayoq gijjalardan xalos bo‘la boshlaysiz. Davolanish samarali bo‘lishi uchun yarim piyola sutga 1 choy qoshiq maydalangan sarimsoqpiyoz qo‘shib qaynatiladi. Bu aralashmani nahorga, uch kun iching. Muolaja vaqti shirinlik emang. Uch kundan so‘ng yotishdan oldin 4–6 ta tabletka miqdorida faollashtirilgan ko‘mir ichib, organizmni gijja qoldiqlaridan batamom tozalashga erishasiz. Aks holda bosh og‘rig‘i, yomon kayfiyat, mushak va suyak zirillashi kabi noxush alomatlarni orttirib olishingiz mumkin-da.

Shamollash, bronxit, zotiljamda…
Sarimsoqpiyozni toza tovada qizartirib qovurib, dumba yog‘i bilan aralashtirib, ko‘krak qafasi va tovonlarni ishqalab surtish uchun foydalaniladi. Aralashma juda tez, 2 kundayoq yordam beradi.

Jigar kasalliklarida
5 bosh sarimsoqpiyoz va 5 dona limonni po‘sti bilan go‘shtqiymalagichdan chiqarib, ustiga 1 litr sovuq suv quying-da, qaynatib oling. Aralashma 1 osh qoshiqdan asal qo‘shib, ovqatdan oldin qabul qilinadi. Limon va sarimsoqpiyozli aralashmasi jigarni yog‘ bosishi, qandli diabet, qonni tozalash, sariq kasalidan keyin, o‘t pufagi muammolari, semizlik, antibiotik va gormonal dorilarning zararini kesishda foyda beradi.

Uzoq umr ko‘rish uchun
Xitoyliklar orasida har kuni nahorga 1 bo‘lak sarimsoqpiyozni so‘rish odat tusiga kirgan. Bunda organizm zaharli xiltlar, ortiqcha xolesterindan tozalanib, yosharadi. Buning uchun bir bo‘lakcha sarimsoqpiyozni maydalab, aralashmani til ostiga qo‘yib yarim soat shimib yuriladi. Keyin tuflab tashlab, og‘iz qaynatilgan suvda chayiladi.

Zarari ham bor
Sarimsoqpiyoz qon bosimi ko‘tarilib-tushadigan, epilepsiya, bavosir qo‘zg‘agan payti, kamqonlik, emizikli ayollar, oshqozon-ichak kasalliklari, jigar yallig‘lanishi, buyrak og‘riganda tavsiya etilmaydi.

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.


Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan 8 ta mahsulot 17 мая, 14:28 111
  • Quloq shang‘illashi yurak-qon tomir kasalliklari alomati bo‘lishi mumkin 16 мая, 20:08 95
  • D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari 16 мая, 10:12 125
  • Organizmda magniy mikroelementi tanqisligining 5 ta belgisi 15 мая, 23:34 141
  • Nima uchun ko‘ngil aynib, bosh aylanadi? 14 мая, 17:58 96
  • Yeydigan ovqatlarimiz, issiq choy saratonga sabab bo‘ladimi? 14 мая, 15:43 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 4
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 2
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 28
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 32
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 16
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 246
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 72
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 83
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 80
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 106
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 269
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 150
  • Bo‘limlar