“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:51
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 12,072 mlrd dollardan oshdi

07 avg, 12:00 7 297 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 12,072 mlrd dollardan oshdi O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2017 yil yanvar-iyun oylarida 12,072 mlrd dollardan oshdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,1 foizga yuqoridir. O‘zbekistonning yanvar-iyun oylarida eksporti 13,1 foizga oshib, 5,97 mlrd dollarni, import miqdori 9,2 foizga o‘sib, 6,102 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu haqda «Uzdaily.uz»ga tayanib «Kun.uz» yozmoqda.

O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdodagi tafovut import foydasiga 132,7 mln dollarni tashkil etgan, bunda MDH mamlakatlari bilan tashqi savdodagi farq ijobiy bo‘lib, 300,2 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlar bilan savdoda salbiy tafovut 432,9 mln dollardir.

O‘zbekiston rezidentlarining tashqi savdo amaliyotlari, asosan, Osiyo (umumiy savdo aylanmasining 47,2 foizi) Evropa (42,2) va Amerika (3,0) bilan amalga oshiriladi.

MDH mamlakatlari orasida tashqi savdoning asosiy ulushi Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Tojikiston, Qirg‘izistonga to‘g‘ri kelib, 29,4 foizni tashkil etadi. Boshqa mamlakatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Afg‘oniston, Braziliya, Hindiston, Eron, Latviya, Litva, Fransiya, AQSh, Shveysariya hissasiga to‘g‘ri kelib, jami tashqi savdoning 43 foizini tashkil etadi.

Bunda MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 4,45 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,6 foizga o‘sgan. MDH mamlakatlarining O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 36,9 foizni tashkil etgan.

Boshqa davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 10,2 foizga o‘sib, 7,62 mlrd dollarni tashkil etgan. Ularning O‘zbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 63,1 foizga etgan.

O‘zbekistonning 2017 yil yanvar-iyun oylarida MDH mamlakatlariga eksporti 14,8 foizga o‘sib, 2,375 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonning boshqa mamlakatlarga eksporti 3,59 mlrd dollarga etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga o‘sish qayd etilgan. O‘zbekiston jami eksportining 39,8 foizini MDH mamlakatlariga, 60,2 foizini boshqa mamlakatlarga amalga oshirgan.

O‘zbekiston MDH mamlakatlaridan 2,075 mlrd dollar tovar va mahsulotlar import qilgan (+10,2 foiz). Boshqa mamlakatlardan keltirilgan import 4,027 mlrd dollar (+8,6 foiz)ni tashkil etgan.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 42,2 foizi Evropa mamlakatlari, 47,2 foizi Osiyo, 3 foizi Amerika, 0,1 foizi Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 140
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar