“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 18:43
ЎЗO‘Z

Xiaomi "aqlli" karnayni taqdim qildi

26 iyul, 23:40 4 309 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xiaomi "aqlli" karnayni taqdim qildi Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi AI Speaker deb nomlangan "aqlli" karnayni taqdim qildi. Qurilma narxi 299 yuanni (45 dollar) tashkil qiladi. Bu haqda TechCrunch nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Qurilma uchta dinamik (bitta asosda va ikkita yon tomonda) va 6 ta turli yo‘nalgan mikrofon bilan jihozlangan. Karnayni musiqa tinglash uchun va shaxsiy yordamchi sifatida qo‘llash mumkin: karnay musiqani striming xizmatlari orqali ijro etish, yangiliklar va ob-havo ma’lumotlarini o‘qish hamda foydalanuvchi taqvimidagi hodisalar haqida eslatib turishga qodir.

Bundan tashqari, karnayni Mi ekotizimining qolgan qurilmalari: Mi TV televizorlari, Mi Box pristavkalari, Mi Robot chang yutgichlari va boshqalarni boshqarish uchun qo‘llash mumkin. Kompaniya chetki dasturchilarni Mi AI Speaker uchun dasturlar yaratishga chorlagan.

Qurilma 2017 yil avgustdan sotuvga chiqariladi, birinchi bosqichda uni faqatgina Xitoyda sotib olish mumkin bo‘ladi. Kompaniya karnayni boshqa bozorlarga chiqarish niyati haqida hech narsa demagan.

Karnayning ilk ming xaridori uni bir yuanga sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan keyin qurilma 299 yuan narx bilan sotila boshlanadi. Kompaniya bu aksiya hisobiga katta miqdorda xaridorlarni jalb qilmoqchi, bu esa karnayning foydalanuvchining ehtiyojlarini tushunish uchun yordamchi sifatida "saboq olishini" tezlashtiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 47
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 442
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 78
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 76
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 88
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 2
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 28
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 20
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 50
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 195
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 135
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 204
  • Bo‘limlar