“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:54
ЎЗO‘Z

Jigarni «ezuvchi» kundalik 9 ta zararli odat, uni tozalovchi 11 mahsulot​

25 iyul, 11:22 40 811 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jigarni «ezuvchi» kundalik 9 ta zararli odat, uni tozalovchi 11 mahsulot​ O‘rtacha 1.4 kg tosh bosuvchi jigar tanada kattaligi jihatidan 2 o‘rinda turadigan muhim a’zo. Bu jihatdan teri birinchi o‘rinni egallaydi. Jigar organizmning «biokimyoviy laboratoriya»si bo‘lib, tanada hazm qilish, moddalar almashinuvi, immunitetni ta’minlash, tanada oziq moddalarni saqlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Jigar tanadagi to‘qimalarga quvvat va oziqa moddasi etkazib beradi. Aks holda bu to‘qimalar halok bo‘ladi.

Uni asrash uchun qaysi kundalik odatlar uni zararlashi haqida bilib olishimiz juda muhim. Quyida jigar faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni sanab o‘tamiz.

1. Juda kech uxlash va ertalab juda kech uyg‘onish.
2. Peshobni o‘z vaqtida chiqarib yubormaslik.
3. Juda ko‘p ovqat iste’mol qilish.
4. Nonushta qilmaslik.
5. Haddan tashqari ko‘p dori-darmon ichish.
6. Qo‘shimcha moddalar, ranglangan mahsulotlar, soxta shirinlashtirgichlar iste’mol qilish.
7. Yog‘li ovqatlar iste’moli. Imkon qadar ovqatlarni yog‘siz iste’mol qilgan ma’qul. Ayniqsa, holdan toyganda, tungi mahalda yog‘li ovqatlarni tanovul qilmang.
8. Chala pishgan mahsulotlarni iste’mol qilish.
9. Spirtli ichimliklar iste’mol qilish.

Quyidagi mahsulotlar jigarni xastaliklardan xalos qiladi.
1. Sarimsoq piyoz
2. Apelsin, mandarin
3. Lavlagi va sabzi
4. Ko‘k choy
5. Bargli ko‘katlar
6. Olma
7. Zaytun yog‘i
8. Grechixa
9. Karam, brokkoli kabi krestgulli sabzavotlar
10. Limon
11. Yong‘oq
Ma’lumki jigar bir qancha toksinlarni qayta ishlaydi. Buning uchun unga juda ko‘p miqdorda kislorod zarur bo‘ladi. Agar kislorod etishmovchiligi yuzaga kelsa, jigarning ishlash faoliyati og‘irlashadi. Shu sababli, shifobaxsh kislorodli ko‘pik ichib turing.

Jigarni tozalashda lavlagi ham yordam beradi. Bir necha lavlagi olinadi va po‘stlog‘i tozalanib, lavlagi ezilib pishgunga qadar uzoq vaqt qaynatiladi. Bu suyuqlikni kuniga bir necha marta ikki hafta davomida ichish lozim bo‘ladi.

Makkajo‘xorining po‘pilchalarini choy kabi damlab, ikki-uch hafta davomida suv o‘rnida ichish kerak.

Yangi uzilgan sabzavotlardan tayyorlangan turli xil sharbatlar ham jigar faoliyatini yaxshilashga ta’sir ko‘rsatadi.Sabzi (210 g), petrushka (60 g), selderey (150 g), bunday usulda tayyorlangan sharbatni har kuni, bir oy davomida och nahorga ichish kerak.

Yarim stakan tuzlangan karam suvi va yarim stakan pomidor sharbati bilan aralashtirib, uni ham ikki hafta davomida har kuni ovqatdan keyin ichish lozim.

Manba: Tafsilot.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 110
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 308
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 120
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 97
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 143
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 249
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar